91
K =
S
a
:
P
m
.
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi hamda
shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsiyentiga nisbati
orqali quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Т =
D :
K
a
Bu yerda:
D — shu davrdagi kunlar soni (360, 90).
Aylanma mablag‘larning to‘liq
aylanish muddati qan-
chalik kichik yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa,
aylanma mablag‘lar shunchalik kam talab qilinadi va ak-
sincha, aylanma mablag‘lar qanchalik tez aylanishda bo‘lsa,
shunchalik samarali ishlatiladi.
Bugungi kunda aylanma mablag‘larda, ayniqsa, kor-
xonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo‘lgan yirik
miqdordagi pul mablag‘lari ularning to‘liq
saqlanishiga
e’tibor qaratish, ulardan maqsadlarga muvofiq va samarali
foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini tezlashtirishni
talab qiladi. Korxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish
quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
— fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash;
— ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan
asoslangan norma va normativlar tizimini yaratish;
— korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuri-
tishga o‘tkazish va kooperatsiya qilishni rivojlantirish;
—
mahsulotlar,
moliyaviy,
moddiy va kuch-quvvat
resurslarining sifat balansini tuzish;
— boshqarish tizimini tashkil etishning va rag‘bat-
lantirishning optimal shakllarini qo‘llash.