86
12-mavzu. KORXONANING AYLANMA
MABLAG‘LARI
12.1. Aylanma mablag‘lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati
va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda
mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari,
aylanma mablag‘larga ham ega bo‘lishlari zarur. Aylanma
mablag‘lar ishlab chiqarishning
aylanma fondlari va
muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul
mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar, qoidaga ko‘ra,
korxonaning hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida
jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari —
ishlab chiqarish
jarayonida
bir marta ishtirok etib, o‘z
qiymatini tayyor-
lanadigan mahsulotga to‘la o‘tkazib natural shaklini saqlay-
digan mehnat buyumlariga aylanma fondlar deyiladi.
Aylanma fondlar 2 guruhga bo‘linadi. Ishlab chiqarishdagi
va muomiladagi aylanma fondlar.
— Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga
xom ashyo va materiallar zahirasi, yarim tayyor mahulotlar,
yoqilg‘i va energetika resurslari, qadoqlash va o‘rov mate-
riallari, ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va
kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin.
— Kelgusi davr xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: