A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Ish haqi darajasini tabaqalashtirish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

13.3. Ish haqi darajasini tabaqalashtirish
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat
tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Тarif tizimi majmuyi
yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqa bo‘yicha, ular
ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar
malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmat-
chilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Тarif tizimi – tarif malaka ma’lumotlarini va koeffitsi-
yentlarini o‘z ichiga oladi.
Тarif-malaka ma’lumotlarini ayrim kasblar va mehnat
turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining
bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat
bo‘ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo‘yi-
ladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi. Birinchi razryad bilan
ishchilardan uzoq vaqt tayyorgarlikni talab qilmaydigan eng
oddiy ishlar, oxirgi (eng yuqori) razryad bilan esa eng
murakkab ishlar tariflanadi. Ulardan ishchilarga malaka
razryadlari berish uchun foydalaniladi.
Тarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsiyentlari
ham mavjud bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq


98
to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq
to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi Mehnat qilish sharoiti
og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha
haqlar belgilanadi. Тarif stavkalariga ustamalar shaklidagi
haq (razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan) professional mahorat
uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning xalq xo‘jalik ahamiyatiga qarab
amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari
amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim aha-
miyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali
kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar
tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga
keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
O‘zbekiston hududida 2010-y 1-avgustdan boshlab,
minimal ish haqi miqdori 45215 so‘mni tashkil etdi. Hozirgi
kunda 23 ta razryad mavjud bo‘lib, (0-22) ni tashkil etadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling