101
o‘zgaruvchi harajatlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan
aniqlanadi. Shunday qilib, qo‘shilgan qiymat doimiy xarajat
va sof foydadan iborat bo‘ladi,hamda bu ko‘rsatkich ishlab
chiqarish va sotishning umumiy samaradorligini baholash
imkoniyatini yaratadi.
Korxonadagi ko‘plab resurslar
miqdori bozor talabi
ta’sirida tez va oson o‘zgarishi mumkin keyingi o‘zgaruvchi
resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha
mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar mazkur
mashinaviy qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi
ishchilar soni
ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb
qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmini o‘sishi tobora
sekinlik bilan ro‘y beradi.
Bu qonunni tasvirlash uchun
quyidagi misolni keltiramiz, xarajatlarning o‘sishiga olib
keladi. Bunday xollarni samaraning kamayib borish qonuni
tushuntirib berolmaydi, chunki
uning amal qilish shart-
sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi
miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli
davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari
biz taxlilda barcha resurslar baxosi doimiy deb faraz qilamiz.
Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning
o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining
ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: