A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

14.3. Foyda va rentabellik
Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo‘lib, har bir
tijorat tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy
kategoriya sifatida foyda-moddiy ishlab chiqarish sohasida
yaratilgan sof daromadni aks ettiradi.
Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayot-
gan mahsulotni sotish orqali ega bo‘ladilar. Zamonaviy
xo‘jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi kor-
xona faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi.
Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulot tannarxi shaklidagi
individual xarajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy
zaruriy xarajatlarni o‘z ichiga olishi lozimligini sabab qilib
ko‘rsatish mumkin.


106
Foydadan baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida
foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining
ortishi, sifatning yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish
resurslaridan foydalanish unumining ortishi bilan asos-
lanadi. Shu bilan birga foydaning ahamiyati ortishiga
amaldagi foydani taqsimlash tizimi ham sabab bo‘ladi va
unga ko‘ra esa, korxonalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy
rivojlanishni ta’minlash uchun hamda xodimlarni bajargan
mehnati sifati va miqdoriga asosan moddiy rag‘bat-
lantirishga sarflanuvchi foydani oshirishga bo‘lgan qiziqi-
shning ortishi kuzatiladi.
Shu tariqa foyda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
xodimlarning o‘z korxonasi erishadigan yuqori natijalardan
moddiy manfaatdorligini kuchaytirishda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi.
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi
mumkin. Barcha foydalar yig‘indisi korxonaning yalpi
foydasini tashkil qiladi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari
quyidagilardan iborat:
— bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot
sotishdan olingan foyda;
— asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki
sotishdan olingan foyda;
— korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi
foyda.
Korxona daromadi ikki ko‘rsatkich, ya’ni mahsulot bahosi
va uni ishlab chiqarishga sarflanuvchi xarajatlarga bog‘liq
bo‘ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif
munosabatlari natijasida kelib chiqadi. Erkin raqobat
sharoitlarida bahoni shakllantirish qonunlari asosida mahsulot
bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishiga ko‘ra emas,
balki avtomatik ravishda tartibga solinadi.


107
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy
samarani tavsiflaydi. Korxonaning foyda olishi daromad-
larning korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan
ko‘p bo‘lishini anglatadi hamda u rag‘batlantirish vazifalarini
ham bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o‘zida moliyaviy
natija bo‘lish bilan birga korxona moliyaviy resurslarining
asosiy elementi ekanligi; daromadning turli darajadagi byudjet
shakllanishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi bilan
izohlanadi.
Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
— birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu
turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki
mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning
saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni
ko‘zda tutadi;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik
faoliyati bilan bog‘liq. Undan foydalanish samaradorligi
bozor konyunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning
rivojlanishini, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bozor
konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash (doimiy ravishda talab
darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini
sotish va xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni
yaratish (baho, yetkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat
ko‘rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish va hokazo);
ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik
katta bo‘lsa, daromad miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi);
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan
bog‘liq bo‘ladi;
— uchinchi manba korxonaning innovatsion faoliyatidan
kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy ravishda tex-


108
nologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarni yangilash, uning raqobatbardoshligini ta’-
minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini oshirishni
anglatadi.
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash
obyektidir. Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini
byudjetga jo‘natish tushuniladi. Qonunchilikka asosan
foydaning soliq va boshqa majburiy to‘lovlar shaklida
byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona
ixtiyorida qoluvchi daromad qismi, undan foydalanish
yo‘nalishlari korxona zimmasida bo‘ladi.
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
— korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat
natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik
subyekti sifatida taqsimlanadi;
— foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi soliq va
yig‘imlar ko‘rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi
va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to‘lanuvchi
boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
— soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida
qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini
oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat
natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi
lozim.
Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish
tartibi uning Nizomida belgilab qo‘yiladi hamda vakolatli
iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona
rahbariyati tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida
aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va
tashqi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ichki omillar, bu —


109
korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish,
xo‘jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejmentning
mas’uliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish
va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga
bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar qatoriga esa, bozor
konyunkturasi, iste’mol qilinuvchi modiy-texnik resurslarning
bahosi, amortizatsiya normasi, soliq tizimi kabilar kiradi.
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari. Har bir
korxonada foydani oshirish bo‘yicha rejali chora-tadbirlar
ko‘zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-
tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
— ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;
— ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;
— ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib
yuborish yoki ijaraga berish;
— moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va
maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq
foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
— ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
— mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar.
Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi
bo‘lsada, uning samaradorligini to‘la tavsiflab bermaydi.
Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni
(foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun
sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling