Egri va to'g'ri soliqlar


Download 473.5 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1594124
  1   2   3   4

Egri va to'g'ri soliqlar

EGRI VA TO'G'RI SOLIQLAR

Soliqlar mohiyati va funksiyasi

  • Soliqlarning eng oddiy ta'rifi qo'yidagicha: Soliqlar aholidan, korxonalar va xo'jalik yurituvchi boshqa sub'ektlardan davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan undirib olinadigan majburiy to'lovlardir. Soliq o'z mohiyat e'tiboriga ko'ra ijtimoiy mahsulotning (yalpi ichki mahsulotning – YAIM) bir qismi bo'lib, soliq to'lovchi bundan biror-bir foyda ko'rish ko'rmasligidan qat'iy nazar, o'z mablag'laridan davlat hisobiga majburiy ajratmalar ko'rinishida aks etadi.

Soliqlarning bir nechta asosiy funksiyalari mavjud:

  • Soliqlarning asosiy funksiyasi fiskal (lotincha fiscus so'zidan kelib chiqqan bo'lib, g'azna degan ma'noni anglatadi) xususiyatga ega ekanligidir. Bu o'rinda funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo'jaligi tizimi ishlab turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo'lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o'z daromadlari manbaiga ega bo'lmagan qismini (ko'pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishi ta'minlash uchun o'zining mablag'i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental kutubxona, teatrlar, muzeylar, ko'plab o'quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish jarayoni ro'y beradi.

Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling