115
O‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqa-
ruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z maj-
buriyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan,
o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega
bo‘la oladigan va
ularni amalga oshira oladigan,
majbu-
riyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la
oladigan tashkilot
yuridik shaxs hisoblanadi, undan tashqari
ular mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
Jismoniy shaxslar deganda,
soliqqa tortish obyektiga
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa
davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar tushuniladi.
Soliqqa tortish obyekti yoki soliqqa tortish bilan bog‘liq
obyekt deganda, soliq to‘lovchining
soliq hisoblanadigan
va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladigan
daromadi va mol-mulkiga aytiladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, soliqqa tortish obyekti
bo‘lib (soliq to‘lovchining harakati yoki uning mulkiy holati)
shunday
yuridik bir holatga aytiladiki, ularning mavjudligi
soliq tortish bo‘yicha majburiyatlarni keltirib chiqaradi.
Ularga quyidagilar kirishi mumkin: tovar (ish, xizmat)larning
sotilishiga doir oborotlar, mol-mulkka egalik huquqi, oldi-
sotdi
operatsiyasini bajarish, qimmatbaho qog‘ozlardan
daromad olish va h.k.lar. Soliqqa tortish obyekti bo‘lmagan
soliq to‘lovchining soliq bo‘yicha majburiyati bo‘lmaydi.
Soliq stavkasi bu soliq hisoblanadigan soliq bazasining
birlik hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, soliq stavkasi bu soliqqa tortish
me’yoridir.
Soliq stavkasi qatiy yoki foiz qo‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘ining soliq stavkasi — soliq
solish oboroti va import oborotining — 20% qismini tashkil
116
etadi (bu foiz stavkasi). Qatiy soliq stavkasiga yer solig‘ining
stavkasi misol bo‘la oladi. Bunda soliq solish birligiga (yer
uchastkasining maydoni) qatiy soliq summasi to‘g‘ri keladi.
Imtiyoz deganda soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga
boshqa soliq to‘lovchilar
bilan qiyoslaganda soliqlar
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar
berilishi, shu jumladan soliq (yig‘im) to‘lamaslik yoxud
kam hajmda to‘lash imkoniyati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: