A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Mahsulot rentabelligi
Bitta aksiya keltiruvchi foyda ko‘rsatkichi korxonaning
bozordagi faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Shu tariqa, tavsiya qilinuvchi ko‘rsatkichlar tahlil
jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash,
ishlab chiqarish samaradorligi va korxonaning bozordagi
raqobatbardoshligini oshirishga oid chora-tadbirlar
belgilashga ikoniyat yaratadi.
Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning mohiyati.
2. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash.
3. Boshqa xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi?
4. Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida hamda uning korxonaning
tijorat va ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishdagi ahamiyati.
5. Foydani shakllantirish manbalari.
6. Foydani taqsimlash va uni ko‘paytirish yo‘llari.
7. Rentabellikning iqtisodiy mohiyati.
8. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash uslubiyati.


113
15-mavzu. SOLIQLARNING IJТIMOIY-IQТISODIY
AHAMIYAТI VA OBYEKТIV ZARURLIGI
15.1. Davlat soliq tizimi
Davlat soliq tizimini davlat tomonidan o‘rnatilgan barcha
soliqlar, yig‘imlar va boshqa byudjetga undiriladigan majburiy
to‘lovlar majmuasi, ularning shakli va tuzilish metodlari
tashkil etadi.
Bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq
bo‘ladi markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa
fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig‘imlar
turlarining yig‘indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu
ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy
harakterga ega bo‘lgan munosabat» va ularning bir-biri
bilan bog‘liqligi va nixoyat byudjetga tushishligini
ko‘rsatadi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda soliqlar ko-
deksda 8 ta umumdavlat (respublika) soliqlar i va 5 ta
mahalliy soliqlar ko‘rsatilgan. O‘zgartirishlar bilan ularning
soni yig‘imlari ham qo‘shib ko‘rsatilgan. Soliq va yig‘imlar
bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi, oqibat natijasida ular yuridik
va jismoniy shaxslarning pul daromadlaridan olinadi. Demak,
soliq va yig‘imlarning jami yig‘indisi summasi soliq oyoirligi
tushunchasini keltirib chiqaradi.
Soliq sistemasi yetarli darajada murakkab bo‘lib, u
ko‘pgina soliq turlari, har xil turdagi soliq to‘lovchilar,
soliqni undirishni tashkil etish usullari va soliq imtiyoz-
laridan iborat.


114
Ammo, soliqlar har xil bo‘lishiga qaramasdan ularni
bog‘lab turuvchi elementlari mavjud. Soliq elementla-
riga quyidagilar kiradi: soliqqa tortish subyekti, soliq
obyekti, soliq bazasini hisobga olish usuli, soliq stavka-
si, soliqni hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari, undi-
rish usullari, hisobot topshirish davri, soliq bo‘yicha
imtiyozlar va h.k.
Soliqqa tortish subyekti (soliq to‘lovchi) — qonunga
ko‘ra soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarni huquqiy jihatdan to‘lash
majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Yuridik shaxslar daromadiga
(foydasiga) soliq.
Jismoniy shaxslar daromadiga
soliq.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i.
Aksiz solig‘i.
Yer osti boyliklaridan foyda-
lanish solig‘i.
Suv resurslaridan foydalan-
ganlik uchun soliq.
Savdo va umumiy ovqatlanish
tashkilotlaridan yagona soliq
to‘lovi.
Bojxona boji.
Davlat boji.
Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxat-
dan o‘tkazish yig‘imi.
Boshqa daromadlar.
Mol-mulk solig‘i.
Yer solig‘i.
Yagona soliq.
Infratuzilmani rivojlantirish so-
lig‘i.
Jismoniy shaxslarning trans-
port yoqilig‘isi uchun iste’mol
solig‘i.
Jismoniy shaxslar chetdan to-
varlar olib kelganligi uchun
yagona bojxona to‘lovi.
Alohida tovarlarni turlarini so-
tish lisenziya yig‘imi.
Ishbilarmonlik bilan shug‘ul-
lanuvchi yuridik hamda jismo-
niy shaxslarni ro‘yxatdan o‘t-
kazish yig‘imi.
Boshqa to‘lovlar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling