A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari nima?
2. Korxonaning tijorat siri deganda nimani tushunasiz?
3. Korxonaning bankirot bo‘lish asosiy belgilari nimalarda
namoyon bo‘ladi?
4. Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash deganda nimani
tushunasiz?
5. Sanatsiyalash qanday tashkil etiladi?


131
17- mavzu. ISHLAB CHIQARISHNING IJТIMOIY
VA IQТISODIY SAMARADORLIGI
17.1. Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatida
muhim o‘lchov birligidir
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyati-
ning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning
sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan
va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi
munosabatni ifodalaydi.
Afsuski, bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi,
garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat
samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va
hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti
talablariga zid kelmasa-da, baho, foyda, daromad, xarajat
kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda.
Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan
(rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari
va yo‘qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari
va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat sama-
radorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning si-
fatini yaxshilashni anglatadi.
“Samara”, “samaradorlik”, “ijtimoiy-iqtisodiy samara-
dorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish
zarur.
Samara – ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat),
foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini
kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish
yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona


132
faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda
ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy
samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihat-
larini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib
chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tav-
sifiga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy,
loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi.
Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion
siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling