A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimada va u
korxona umumiy faoliyati samaradorligidan qanday farq qiladi?
2. Samaradorlikning qanday turlarini bilasiz? Samaraning
samaradorlikdan farqi nimada?
3. Korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining muhim
ko‘rsatkichlari mazmunini ochib bering. Bu ko‘rsatkichlarni
hisoblash usuli qanday?
4. Sizning fikringizcha, qaysi ko‘rsatkich korxona faoliyati
samaradorligini ko‘proq aks etitradi?
5. Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llari
va omillarini sanab bering.
6. Bozor sharoitlarida samaradorlikni iqtisodiy ko‘rsatkich
hamda tushuncha sifatida qabul qilish mumkinmi?
7. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o‘rin
kimga tegishli: insonlargami, resurslargami yoki fan-texnika
taraqqiyotigami?


148
18- mavzu. KORXONA KADRLARINING
SALOHIYATI VA SIYOSATI
18.1. Korxona kadrlarining salohiyati
“Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy
islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Prezident I.Karimov aytga-
nidek: “Bugungi kunda biz oldimizga qanday vazifalarni
qo‘ymaylik, bizning oldimizda qanday muammolar mavjud
bo‘lmasin, ularning barchasi pirovardida kadrlar va faqat
kadrlarga borib taqaladi.”
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va
mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta aha-
miyatga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib,
joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda
ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadr-
larning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona-
larning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik
yaxshi bo‘ladi.
Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal”
tushunchalarini, garchi ular o‘rtasida ma’joziy ma’noda ayt-
ganda “xitoy devori” yo‘q bo‘lsa va ular kadrlar salohiyatini
shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo‘llansada,
bir-biridan farqlash lozim.
Salohiyat (potensial) tushunchasining o‘zi lotin tilidan
olingan bo‘lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish
imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug‘at va qo‘llanmalarda u


149
mavjud va harakatga keltirilishi, ma’lum bir maqsadlarga
erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan vosita, zahira,
manba, deb ko‘rsatilgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling