A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar
siyosatini qay tarzda tasavvur qilasiz?
2. Kadrlar tuzilmasi deganda nima tushuniladi va uni belgilab
beruvchi omillar qanday?
3. Korxonada mehnat unumdorligini aniqlashning qanday
usularini bilasiz?
4. Qaysi omillar korxonada ishlab chiqarishning o‘sishini
belgilab beradi?


158
19- mavzu. ISHLAB CHIQARISHDA
INTEGRATSION TASHKIL TOPISH
19.1. Integratsion yechimlarni belgilovchi omillar
Strategik hamkorlik bu — mustaqil tashkilotlar uchun
strategik aniq vazifa va maqsadlarda ikkala tomonga foyda
keltiradigan hamkorlik turidir.
Global masshtabdagi kuchli raqobat bozorlarning to‘la
va boyligi siyosiy va iqtisodiy tizimlarini ishlab chiqaruvchi
tashkilotlarning tashkiliy va strukturaviy yechimlarini o‘zgar-
tirishni talab qiladi.
Strategik hamkorlik — bu korxonaning modelini xususiyat
va qirralarini o‘zgartiruvchi yangi integratsion shakldir.
Strategik hamkorlik iborasi zamirida turli xildagi mustaqil
tashkilotlarni shakllantirish tushuniladi. Korparasiyalar
strategik hamkorlikdagi tashkilotlar yetkazib beruvchi yoki
ishlab chiqaruvchi turdagi hamkorlik uzok muddatga
yetkazib berish lisenziyalarini sotish tashkilotlar uchun
foydali daromad keltiruvchi strategik maqsad va vazifalarga
yo‘naltirilgan hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi taktik hamkorlik ikki
taraf uchun o‘zaro ehtiyojlarga asoslanishi va foyda rakobat
kurashidagi texnologiyani, marketing xarajatlar elementlarini
o‘zida aks ettiradi.
Raqobat ustunligi qo‘lga kiritilgach texnologiyalarga erishish
uchun o‘qsh daromadli aloqalarni yo‘lga qo‘yish resurslar
bazasini kengaytirish mahsulot sifati va ishlab chiqarishni
oshirish va yangi bozorlarni egallashga talab oshib boradi.


159
Ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning strategik hamkor-
likdagi umumiy ustunliklar kuyidagilar:
1. Milliy bozorni himoya qilish.
2. Тexnologiya, bozor va resurslarga yo‘l ochib berish.
3. Sanoatni boshqa tarmoqlarida erishilgan yangiliklarni
ishlab chiqarishda qo‘llash.
4. O‘quv-tajriba markazlarini shakllantirish va bosh-
qalar.
Biroq raqobatdagi ustunlik ishlab chiqarishda qo‘llanila-
digan strategiyaning o‘sish va ushlab turish strategiyalarini
qo‘llashga asoslanadi (2- jadval).
Barcha omillarni turlichaligini integratsion ishlab chi-
qarish yechimlariga ta’sir qiluvchi quyidagi yo‘nalishlarni
keltirish mumkin.
1. Тashqi muhitning turlichaligi va murakkabligi.
2. Yangiliklar va resurslar o‘rtasida oraliqni farqi.
3. Moliyaviy qiyinchiliklar.
4. Bozorga yo‘l ochish.
5. Infarmatsion texnologiyalar.
Тashqi muhitning har xilligi va murakkablashuvi.
Тashqi muhitning har xilligi deganda, muhit element-
larining, ya’ni insonlar, tashkilotlar va ijtimoiy kuchlar o‘rta-
sidagi farq tushiniladi.
Тashqi muhitning o‘zgaruvchanligi tovar va xizmatlarni
iste’molchilarga yetkazib berishda qiyinchiliklar keltirib
chiqaradi. Shular tufayli korxona o‘z imkoniyatlarini talab-
larini qondirish uchun murakkab texnologiyalar va ko‘rsa-
tilgan sohalarga bog‘laydi.
O‘zgarishlar tufayli korxonaning yangi bozor shartlariga
javob berish va yangi mahsulot ishlab chiqarishdagi samarasi
pasayadi. Тashkilot bu kabi qiyinchiliklarga qarshi quyida-
gicha kurash olib boradi:


160
1. Ichki tashkiliy strukturasini o‘zgartirish.
2. Boshqa tashkilotlar bilan integratsiyani joriy etish.
Yana bir yechimlardan biri tavakkalchilikni pasaytirish
uchun boshqa tashkilotlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish kerak.
Тexnologik va moliyaviy muammolar. Ilmiy soha va
resurslarga bo‘lgan ehtiyoj odatda korxonaning yangi texno-
logiyalarga bo‘lgan talabini yaratadi. Bu esa o‘z o‘rnida
2-jadval

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling