A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Тashkil topishning integratsion turlari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.2.1. Strategik hamkorlik turlarining tasnifi
19.2. Тashkil topishning integratsion turlari
Strategik hamkorlikning asosiy turlari o‘zaro kelishuv alyans, qo‘shma korxona. O‘zaro kelishuv. O‘zaro kelishuv «mahsulot — narx» zanjiri jarayoni bosqichida oddiy usul hisoblanadi. Ular 163 mol yetkazuvchilar, ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va sotib oluvchilarni, shuningdek so‘ngi is’temolchi tovar va mahsulotlarni vertikal kanallar bo‘yicha birlashtiradi. Funksional ixtisoslashish va samaradorlik boshqa turdagi tashkilot aloqalariga bo‘lgan ehtiyojni yaratadi. O‘zaro kelishuv va aloka turlari sotib oluvchi, yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi, marketing, brokerlik hamkorligi sharoitida qiyin bo‘lmagan hamkorlik munosabatlaridir. Xaridor yetkazib beruvchi munosabatlari jihozlar, ehtiyot qismini yetkazib beruvchi va yig‘uvchilar kabi keng doiradagi xaridor va yetkazuvchilarni qamrab oladi. 19.2.1. Strategik hamkorlik turlarining tasnifi Korxonaning strategik mustaqilligini va bozordagi erkin moslashishini qo‘llab-quvvatlab turilishi vertikal integra- tsiyalashish hisoblanadi. Kuchli texnologik sistemalarsiz bozorda katta pozisiyalarda keng harakat qila olmaydi. Xaridor va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar oddiy baza mahsulotlarini almashtirishdan tortib yuqori foyda ko‘rishgacha aloqalarda hamkorlik qilish mumkin. Hamkorlikning bu turi kuchli ijtimoiy, iqtisodiy, texnik va servis xizmatlarini uzoq vaqt mobaynida yaratishga imkon beradi. Bu munosabatlar mahsulot yoki jarayon, dizayn, uzoq muddatli shartnomalar va «o‘z vaqtida joyiga» kabi dasturlarni o‘z ichiga oladigan faoliyatlar jamlamasidan iborat. Kompyuter texnologiyasi sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar vertikal integratsiya qo‘yilishi sababli har biri alohida o‘z ishini bajaradi. Hamkorlikdan maqsad shuki tannarxni pasaytirish, narxlar va taxsimlash likvidligi, yagonaligi hisobiga bo‘ladi. 164 Vertikal aloqalarning patensial manfaatlari. 1. Xom ashyo va materiallar xaridida mahsulotga keta- digan xarajat miqdorlarni kamayishi. 2. Xom ashyo va kompanentlar yetkazib berishda va mahsulotni taqsimlashdagi ishonchlilik. 3. Ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlarida taqsim- lanishni yuqori samarasi. 4. Yangiliklar kiritishda soha va imkoniyatlarning kengayishi. 5. Shu sohaga boshqa tadbirkorlarning kirib kelishi uchun to‘siqlarning paydo bo‘lishi. Vertikal aloqalarning salbiy taraflari. 1. Qayta integratsiyalashayotgan sohaga kapital kiritish xatto minimal foyda ham keltirmasligi mumkin. 2. Ishlab chiqarish zanjirining bir xil emasligi talab qilinayotgan rentabelikka erishishni qiyinlashtiradi, shuning uchun bosqichlar o‘rtasidagi aniq bir balansga erishish qiyin. 3. Alohida ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soha a’nanaviy texnologiyaga asoslangan bo‘ladi va bozordagi o‘zgarishlarga tez ko‘nikmaydi, bu esa vertikal integratsiyada tavakkalchilikni oshiradi. 4. Optimal masshtablarga erishish harakatlari nazorat va boshqaruv usuli tashkiliy ishning muxim shakllarini talab qiluvchi ishlab chiqarish zanjirini yo‘qotishga sabab bo‘lishi mumkin. Kooperatsiyalar alyans strategiyasi. Kooperatsiya strate- giyasi bu birinchi navbatda korxonalarning mahsulot taqsim- lashdagi kelishuvlaridir. Ikki korxonaning kooperatsiya strategiyasi bir yoki bir kancha maqsadlarga erishish uchun qilingan hamkorligidir. Kooperatsiya ishtiroki uchun uzoq muddatli va gorizantal aloqani, shuningdek xuddi shunday boshqa aloqalar ham taqdim qilinadi. 165 Gorizantal aloqa bir-biriga mos keluvchi va bir xil fao- liyat yurituvchi hamkorlikdagi texnologiya, marketing resurslarini katta samara berishi uchun birlashtirishi mumkin. Gorizontal aloqalar ishlab chiqarish kulamini kengaytirish va moliyaviy resurslarni taqsimlashni oshiradi. Kooperatsiyaning asosiy sabablari bo‘lib bozorga erishish mavjud tarkatish kanallarini qo‘llash xarajatlarni tejamkorlik bilan ishlatish yoki maxsus yangiliklar va resurslarni taqsimlash bo‘lishi mumkin. Alyans korxonalari avval o‘zidan kelib chiqib erishil- magan texnologik yangiliklar va tajribaga erishish imkon yaratadi. Kooperatsiyaning maqsadi o‘zaro foyda hisoblanadi. Ikki hamkor bir-birini funksional to‘ldirgan holda daromad ko‘radi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling