A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Strategik hamkorlik nima?
2. Strategik hamkorlikdagi umumiy ustunliklar nimada?
3. Integratsiya deganda nimani tushunasiz?
4. Integratsiyaga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
5. Тashkil topishning qanday integratsion yo‘llarini bilasiz?
6. Strategik hamkorlik turlarini ayting.
7. Alyans nimani anglatadi?
8. Vertikal aloqalarning salbiy taraflari bormi?


167
20- mavzu. BOSHQARUV QARORLARINI
QABUL QILISH
20.1.Ishlab chiqarish va marketing qarorlari
Ishlab chiqarish funksiyalari qarorlarini qabul qilishda
jiddiy ta’sir etib, uni tashkil etish bo‘yicha va undan
ko‘riladigan samaraga (ayniqsa, tashkilot rivojlanishi
tanlashda, uning infrastrukturasini, ishlab chiqarishga
investitsiyalarni amalga oshirishda) uzoq muddatda erishiladi
va tashkilotning yashab qolishda, muvaffaqiyatli faoliyatda
muhim rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarish menejerlari tashkilot qarorlarini qabul
qilishga uning boshlang‘ich bosqichidan jalb etilishi zarur.
Qarorlar misol uchun ishlab chiqariladigan mahsulotni
tanlash, tashkil etuvchi komponentlarni chetdan olish
bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Investitsiya hajmi, texnik jihozlar,
ishchi kuchi tashkilotning uzoq muddatli maqsad va
vazifalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ko‘p yillar davomida jahon bozorida vaziyat shunday
yuzaga keldiki, bunda korxonalarga o‘zlari ishlab chiqa-
rayotgan mahsulotlari assortimentini kengaytirish bilan,
talabni to‘liqroq qondirish foydali bo‘lib qolib, bu maqsad
ular faoliyatining asosiy marketing strategiyasiga aylandi.
Marketing nuqtai nazaridan qanchalik ko‘p mahsulot
ishlab chiqarilsa, shunchalik aniq ustunlikka erishish ko‘proq
mukin bo‘ladi, ishlab chiqarish nuqtai nazaridan esa,
teskarisi ishlab chiqariladigan mahsulotlar doirasi qanchalik


168
tor bo‘lsa, ishlab chiqarish quvvatlarini shunchalik samarali
ishlatish mumkin. Mahsulot assortimenti shunday tanlanishi
kerakki, mavjud texnologik jihozlar samarali foydalanishi
mumkin bo‘lsin.
Misol, vaziyat shu bilan murakkablashadiki, odatda
ishlab chiqarish menejerlari o‘z funksiyalarini samarali
bajarishlari uchun sexdagi maxsus ta’lim olmagan ishlab
chiqarish xodimlarini jalb etiladi. Amalda ularning majbu-
riyatlariga uzoq muddatli strategiyalarni hisobga olinmay-
digan kundalik ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish
kiradi. Shuning uchun yuqori zveno rahbarlari doimo
korxonaning rivojlanishi strategik maqsadlariga erishishiga
qiziqishlari tufayli marketing va ishlab chiqarish qarorlari
o‘rtasida kompromisga erishiladi.
Sotuv va marketing bo‘limlari uchun samaradorlik
mahsulotlar turiga bog‘liq bo‘lmagan sotilgan mahsulotlar
umumiy hajmi bilan aniqlanadi. Lekin ishlab chiqarishda
xarajatlar mahsulot assortimentiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun har xil turdagi sotilgan mahsulotlar hajmi va ma’lum
vaqt oralig‘ida ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar
hajmi o‘rtasidagi proporsiyani saqlash muhim. Marketing
bo‘limi doimo ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etuvchi
omillar, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi yoki
o‘zgarishlar tarkibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishchi
zarurki, bozordagi o‘zgarishlar va ular ortidan ishlab
chiqarish qobiliyatlari o‘rtasidagi aloqa saqlanib qolsin. O‘z
navbatida ishlab chiqarish menejerlari ishlab chiqarish da
resurslarni shunday mahsulotlar ishlab chiqarishga
yo‘naltirishlari kerakki, bunday mahsulotlarga bozorda talab
katta bo‘lib, korxonaning faoliyati yuqori samaradorlikka
erishsin.


169

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling