A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Qarorlar qabul qilishda modellardan
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
20.3. Qarorlar qabul qilishda modellardan
foydalanish Ishlab chiqarishni boshqarish doirasida qarorlar ishlab chiqishda modellar muhim rol o‘ynaydi. Ulardan samarali foydalanishda shularni bilish zarurki, ulardan foydalanish bilan qanday natijalarga erishish mumkin, bu natijalar qanday interpretisiyalanadi va qanday chegaralanishlar va ruxsatlar bor? Oxirgi punk ayniqsa muhim, chunki amalda har bir model o‘zining shartlari yig‘indisiga ega bo‘lib, qanday sharoitlarda ushbu modeldan foydalanish samarali ekanligini ko‘rsatadi. 171 Ishlab chiqarish amaliyotida quyidagi modellar qo‘llani- ladi: texnologiya S-egri rivoji, o‘zlashtirish egri tajribasi, talab (texnologiya)ning egri hayotiy jarayoni, SWOТ matrisasi, Boston konsalting guruhi va boshqalar. Тexnologiyaning S-egri rivoji texnik faoliyatning struk- turasi bilan bog‘liq bo‘lib, uzluksiz va sakrovchi shakl o‘z- garuvchi muhit sharoitida yaxshiroq natijalarga erishishda foydalaniladi. U yoki bu vazifalarni hal etish uchun yirik korxonalar yaratish va yirik qo‘yilmalar qo‘yish ko‘pincha samara keltirmasligi mumkin, lekin alohida entuziastlar va kichik korxonalar birdan oldinga chiqib ketishadi. Buning sababalaridan biri texnik doiraning rivojlanishi egri chiziq shaklida yuz beradi (6- chizma). 6-chizma. S-egri rivoj texnologiyasi. Birinchi bosqichi texnologiya tug‘ilishi embrional)da investitsiyalar samaradorlikni o‘sishiga olib kelmaydi. So‘ngra, ikkinchi bosqich keladi (kalitli texnologiya) va birdan o‘sishi yuzaga kelib, natija tezlikda o‘sib boradi. Натижа технология рақобат зонаси классик технология (мумтоз) калитли технологиялар эмбрионал технология Вақт Natija texnologiya raqobat zonasi klassik texnologiya (mumtoz) kalitli texnologiyalar embrional texnologiya Vaqt 172 Yakunlovchi bosqichda (mumtoz texnologiya) qo‘yil- malar minimal qaytim beradi. So‘ngra texnologik uzilish davri boshlanadi, yangi prinsipal texnologiyaga o‘tish sodir bo‘ladi. Qandaydir bosqichda yangi egri rivoj bo‘lagi vaqti bilan eski yakuniy eski rivoj bo‘lagi bilan mos tushib qoladi. Shu bosqichda eski va yangi texnologiyalar o‘rtasida raqobat kurashi sodir bo‘ladi. Misol. Oq-qora rangli televizorlar, katushkali va kasetali magnitofonlar, plastikali va kompakt diskli proigrivatellar, porshenli va reaktiv samolyotlar. Тexnika va texnologiyalarning yangi avlodi mavjudlarini siqib chiqaradi, lekin texnologik uzilishni aniq oldindan topish qiyin. Тashkilotlarning biron-bir texnologiyaga bog‘lanib qolishligi, qat’iy rejalar, barqaror struktura S- egri rivojdan boshqa yangi texnologiyaga o‘tishda to‘xtalib turuvchi omillar hisoblanadi. Bunday o‘tish boshida kam samarali bo‘lib, yangi texnikani baholash uchun mezonlani tanlashni va texnologiyalarn joylashtirishni talab etadi, so‘ngra, samaradorlik oshib boradi. Maksimal kapital qo‘yilmalarini kalitli texnologiyaga va saylanma klassik texnologiyaga qo‘yish zarur. Rossiya va AQSh da S-egri texnologik rivojni qo‘llash orqali avtoshinalar ishlab chiqarish texnologiyasini almashtirish prognozi. A – dioganal konstruksiyali shinalar ishlab chiqarish B – radial konstruksiyali shinalar ishlab chiqarish C – kamerasiz shinalar ishlab chiqarish D – quyma shina yoki egiluvchan shakldagi shinalarni yi-g‘ishning istiqbolli texnologiyasi. Pv, Rs – texnologiyaning vaqtinchalik uzilishi, Rossiya va AQSh da qo‘llaniladigan. Investitsiyalardan samarali foydalangan holda yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan Rossiya shina ishlab chiqarish 173 korxonalari boshqa davlatlar bilan bir vaqtda vaqtinchalik texnologik uzilishlarni bartaraf etib, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga o‘tishi mumkin. (C, D-texnologiyalarga) Bularning barchasi ishlab chiqarish ning yangi texnolo- giyalarni paydo bo‘lishini o‘z vaqtida qayd eta olishiga, kalitli texnologiyalar samaradorligini tez o‘sishi davridan maksimal foydalanishga, eski texnologiya (klassik texno- logiya) ni barqaror rivojlanishi davriga aralash strategiyani qo‘llash va yangi texnologiyani ishlab chiqarish (embrional rivojlanish bosqichi) ga bog‘liq. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling