A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Noaniqlik shartida qaror qabul qilish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Noaniqlik shartida qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish
shartlarining qarama-qarshi varianti bu to‘liq noaniqlik ya’ni
turli shart-sharoitlar ehtimoli to‘g‘risida mutlaqo hech qanday
axborot yo‘q. Bu holatda qarorning 4 ta mezoni bo‘lishi
mumkin: maksimal, maksimaks Lappas va eng kam ziyon
(zarar) mezonlari. Bu mezonlarni quyidagicha anqlash
mumkin.
Maksimal (maximin) – har qaysi muqobil variant
uchun o‘zini qoplashi eng minimal bo‘lishi mumkin
bo‘lganini aniqlang va ular ichidan eng yaxshi qabilida
muqobil variantni tanlang. Maksimaks (maximax) – o‘zini
qoplashi eng yaxshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil
variantlarni aniqlang va ular ichidan ham eng yaxshisini
tanlang.
Lappas kriteriysi (mezoni) (Laplace) – har qaysi muqobil
variantning o‘rtacha o‘zini qoplashini aniqlang va eng yaxshi
o‘rtacha muqobil variantni tanlang.
Eng kam ziyon (zarar) kriteriysi (mezoni) (minimax
regret) – har qaysi muqobil variantning ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan yomon (minimal) natijalarni aniqlang va ular ichidan
yaxshi natijali variantni tanlang.
Maksimin mezoni o‘z mohiyatiga ko‘ra pessimistikdir,
chunki har qaysi muqobil variant uchun mumkin bo‘lgan
barcha natijalar ichidan faqat eng yomoni hisobga oli-
nadi. Bunday yondoshuv, garchi, amaldagi natija u da-
rajada yomon bo‘lmasa ham kafolatlangan minimumni
belgilaydi.
Maksimaks yondoshuv – bu optimalistik hujumkor
strategiya: bu yerda eng yaxshi natijadan tashqari hech qaysi
mumkin bo‘lgan natija hisobga olinmaydi.
Loplas kriteriysi holatlarga teng ehtimolli deb qarashni
ko‘zlaydi.


186
Ushbu barcha kriteriylarning (Laplas mezonlaridan
boshqa) asosiy zaif tomoni shundaki, barcha natijalar emas,
faqat eng yomonlari (minimallari) yoki aksincha, eng
yaxshilari hisobga olinadi. Shuning uchun axborotlarning
bir qismi yo‘qotiladi.
Laplas mezonlarining shundan iboratki, barcha shartlar
teng ehtimolli deb hisoblanadi. Biroq aniq holatlarda
ma’lum holatlarda ushbu usullardan har biri o‘zining
qarorni ishlab chiqarishda yordam beradigan afzalliklariga
ega bo‘ladi.
3- jadval berilganlaridan foydalanib
1) maksimalin; 2) maksimaks; 3) Laplas mezonlarilari
bo‘yicha qaysi muqobil tanlanishini aniqlang.
Yechish:
1. Har qaysi muqobil varinatning eng yomon natijalari
kichik quvvatli – 100 ming so‘m
o‘rta quvvatli – 70 ming so‘m;
katta quvvatli – 40 ming so‘m.
Yaxshi natija – 100 ming so‘m. Shu tariqa, maksimin
usuliga ko‘ra kichik quvvatli ishlab chiqarishni tashkil etish
kerak.
2. Eng yaxshi natijalar
kichik quvvatli – 100 ming so‘m
o‘rta quvvatli – 120 ming so‘m;
katta quvvatli – 160 ming so‘m.
Eng yaxshi umumiy natija – 160 ming so‘m. Shunday
ekan, maksimalin usulini qo‘llaganda katta quvvatli ishlab
chiqarishni tashkil qilish samaraliroqdir.
3. Laplas mezonlarini tanlab, har qaysi qator uchun
qrtachasini hisoblang. Natijalar 4-jadvalda keltirilgan.


187
4-jadval

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling