A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Qarorlar daraxti. Atama o‘z nomini daraxtsimon
maksimal tuzilishidan olgan. Umuman, bunday chizmalarni
(sxema) o‘zini qoplash jadvali o‘rniga ham ishlatish mumkin,
ayniqsa ular ketma-ket qarorlar qabul qilish zarur bo‘lgan
vaziyatlarning tahlilida foydalidir. Masalan, avvalo kichik
quvvatli ishlab chiqarish tanalanadi. Keyin talab kutilgandan
yuqori ekanligi aniqlanadi. Bu holda menejerlarning 2 qa-
rorni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi: mavjud ishlab chiqarish
quvvatlaridan yanada intensivroq foydalanish yoki qo‘shim-
cha ishlab chiqarish quvvatlarini kiritish.
Qarorlar daraxti bir necha tarmoqlarga bo‘linib ketgan
qator tugunlardan tashkil topadi. Kvadratlar qaror qabul
qilish punktlarini bildiradi, aylanalar esa bo‘lishi mumkin
bo‘lgan vaziyatlarni bildiradi. Daraxt chapdan o‘ngga
«qo‘iladi» Kvadrat tugunlardan chiquvchi tarmoqlar muqobil


189
varinatlarni bildiradi; aylana tugunlardan chiquvchi tarmoqlar
(tarqaluvchi) bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bildiradi.
(ya’ni bo‘lishi mumkin bo‘lgan shartlar).
Qarorlar daraxti qurib bo‘lingach, o‘ngdan chapga (quyidan
yuqoriga) qarab tahlil qilinadi, ya’ni eng oxirgi qabul qilingan
qarordan boshlash kerak. Har bir qaror uchun katta qaytim
ko‘rsatkichli muqobil variant tanlanadi (yoki eng kam
harajatli). Agar qator qabul qilganingizdan so‘ng bir necha
mumkin bo‘lgan hodisalar varianti paydo bo‘ladigan bo‘lsa,
kutilayotgan ko‘p foydali muqobil variantni tanlang (yoki
kutilayotgan eng kam harajatlisini tanlang).
Qarorlar daraxtini tahlil qiling va maksimal foydaga ega
bo‘lish uchun qaysi muqobil variantni ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish yoki ularni ko‘paytirishdan voz kechish
tanlash kerakligini aniqlang.
Qarorlar realizatsiya qilinsa va ehtimolli hodisalar yuz
bersa, kutilayotgan foyda rejalashtiriladi. Qarorni o‘ngdan
chapga tahlil qiling:
1) Har bir mumkin bo‘lgan 2 qaror uchun muqobil
variant tanlanishini aniqlang;
2) Mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning oxirgi para-
metrlarini va ularning qolgan tarmoqlarda o‘zini qoplashligini
aniqlang;
3) Har bir boshlang‘ich muqobil variant uchun kutila-
yotgan foydani aniqlang.
Qaror qabul qilish ishlab chiqarish va operatsiyalarini
boshqaruvining asosiy qismidir.
Qarorlar nazariyasi – bu qaror qabul qilishga umumiy
yondoshuvdir. Qarorlar nazariyasi tasniflash mumkin bo‘lgan
turli usullarni o‘z ichiga oladi. Hal qilinadigan muammolarni
tahlili uchun ko‘rgazmali grafik instrumentlari – turli grafik
bog‘liqlik turlari qarorlar daraxti va boshqalar mavjud.


190
Korxonalarning bozorga chiqishida texnologiyaning egri
chizig‘i rivojlanish va o‘quv mashg‘ulotlari grafigi ko‘pincha
strategik ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, korxona o‘z o‘rnini
tez zabt qilmoqchi bo‘lgan hollarda. Bozor ulushining ortishi
qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmini barpo qilishga, bir
birlik mahsulotning tannarxini kichraytirishga va bu jarayonda
qo‘shimcha raqobatbardosh hususiyatlarini orttirishga olib
keladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling