191
TAYANCH SO‘ZLAR VA ATAMALARNING
IZOHLI LUG‘ATI
AKSIONERLIK JAMIYAТLARI
— mas’uliyati chek-
langan firmalarning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib,
odatda ko‘proq foyda olish maqsadida
moddiy, mehnat
va pul resurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi.
Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo‘ladi.
Ochiq turdagi aksionerlik
jamiyatida aksiyalarni erkin
sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik
jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar)
ga tegishli bo‘lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin
emas.
AMORТIZATSIYA
— 1) Mashina, asbob-uskuna, bino
va shu kabilarning eskirishiga qarab,
ularning bahosini
kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab
chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shib borish. 2) alohida
shaxsni yoki tashkilotni o‘z qarzini asta-sekin, bosqichma-
bosqich to‘lash majburiyatidan qutulish; 3) qarz majburiyat-
ining yo‘qotilishi, o‘chirilishi oqibatida uning bekor
qilinganligini tan olish.
ASOSIY FONDLAR
— ishlab chiqarish jarayonida bir
necha yil davomida ishtirok etuvchi va o‘z qiymatini tayyor-
lanayotgan mahsulotga qisman o‘tkazib boruvchi mehnat
vositalaridir.
AYLANMA FONDLAR
— xom ashyo materiallar, ener-
getika resurslarida moddiylashgan
va bir ishlab chiqarish
siklida sarflanuvchi, o‘z qiymatini tayyorlangan mahsulotga
to‘liq ko‘chiruvchi kapital.
192
AUDIТOR
— revizor-taftish o‘tkazuvchi, idoraning,
tashkilotning, aksionerlik jamiyatining moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini tekshiruvchi, taftish o‘tkazuvchi shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: