A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

variantlarni baholash
Joylashtiriladigan ishlab
Kutilayotgan bo‘lg‘usi
chiqarish quvvatlarining
talab, ming so‘m
muqobil variantlari Past O‘rtacha Yuqori
Kichik quvvatli
100
100
100
O‘rta quvvatli
70
120
120
Yirik quvvatli
-40
20
160
Agar ishlab chiqarish quvvati kichik bo‘lsa, unda uchala
kutilmagan shartlarda daromad bir xil bo‘ladi.
Agar o‘rtacha ishlab chiqarish quvvatida past talab bo‘lgan
muqobil variantda bo‘lsa, korxona 70 ming so‘m foyda
ko‘radi, xuddi shu vaqtda talab o‘rtacha va yuqori darajada
bo‘lsa, mos ravishda 720 ming so‘m foyda ko‘radi.
Agar talab past bo‘lsa, yirik ishlab chiqarish quvvati
mavjud bo‘lgan variantda korxona 40 ming so‘m zarar


184
ko‘radi, o‘rtacha talab bo‘lsa, 20 ming so‘m daromad va
yuqori talab mavjud bo‘lsa, 160 ming so‘m daromad oladi.
Ishlab chiqarish menejeri uchun biror variantni
tanlashidan oldin oladigan daromadni hisobga olish
muammosi mavjud bo‘ladi.
Muqobil variantni baholash kutilayotgan bo‘lg‘usi shartlar
bilan aloqador aniqlik darajasiga bog‘liq holda farqlanadi.
Bu yerda yana 3 ta variant mavjud bo‘ladi: aniqlik, risk
(tavakkalchilik) va noaniqlik.
Qaror qabul qilish shartlari. Aniqlik shartida qaror qabul
qilish.
Bo‘lg‘usi mumkin bo‘lgan shartlarning qay biri amalga
oshishi aniq ma’lum bo‘lganda, qaror nisbatan deyarli oddiy
bo‘ladi. Bunaqa shartlarda o‘zini eng ko‘p oqlaydigan
muqobil variantni tanlash kerak. Bu vaziyatni quyidagi misol
bilan izohlash mumkin.
Eng yaxshi muqobilni tanlash. Jadvalda berilganlar
asosida talabning 1) past; 2) o‘rta; 3) yuqori bo‘lishi aniq
bo‘lsa, eng yaxshi muqobil variantni aniqlang.
Yechish:
1) Agar talab past bo‘lsa, u holda 100 ming so‘mlik
kichik quvvatli ishlab chiqarishni tashkil qilish va uni
realizatsiya qilish (sotish) o‘zini eng ko‘p oqlaydi.
2) Agar talab o‘rtacha bo‘lsa, u holda 120 ming so‘mni
tashkil etuvchi (100 yoki 20 ming so‘mga nisbatan) o‘rta
quvvatli ishlab chiqarish o‘zini eng ko‘p qoplaydi.
3) Yuqori talab holatida yirik quvvatli ishlab chiqarish
qzini ko‘p oqlaydi.
Garchi qaror qabul qilishda aniq vaziyatlar kamdan kam
uchrasa-da, hisob-kitoblarning bunday xili amaliyotda
qo‘llaniladi.


185

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling