A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

21.2. Qaror qabul qilish jarayoni
Qaror qabul qilish – bu ishlab chiqarishni boshqarishni
markaziy bo‘g‘inidir. Qaror qabul qilish jarayoni quyidagi
ketma-ketlikdagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
1) Muqobil qarorlarni shakllantirish;
2) Muqobillarni taqqoslash;
3) Eng optimal muqobilni tanlash;
4) Тanlangan muqobil qarorlarni realizatsiyasi;
5) Natijalarni nazorat qilish;
Qaror qabul qilishning omadli yoki omadsiz chiqishi
ko‘pincha bu jarayon bosqichlarning qanchalik yaxshi tashkil
qilinganiga va ob’ektiv shartlar, hamda chegaralar e’tiborga
olinganiga bog‘liq bo‘ladi.
Qarorlarning muqobillari : shakllantirish, taqqsolash va
tanlov.
Muammoning muvaffaqiyatli hal qilinishi ma’lum da-
rajada imkoni bo‘lgan muqobil variantlarini qanchalik aniq
ifodalanganligi bilan bog‘liqdir.
Muqobillarni qidirishda doimo bir yoki bir necha yaxshi
salohiyatli muqobillarni boy berish havfi mavjud bo‘ladi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, ularning miqdorini chegarasi bor.
Ko‘p narsa qaror qabul qiluvchi shakllarning tajribasi va
ijodiy qobiliyatiga hamda, vaziyatning holatiga bog‘liq. Lekin


180
mumkin bo‘lgan muqobil variantlarni puxta namoyon qilishga
qilingan harakatlar zoye ketmaydi.
Muqobil variantlarni tahlil qilish va taqqoslash uchun
ko‘pincha matematik yoki statistik usullar qo‘llaniladi. Eng
yaxshi muqobilni tanlovi e’tiborga olingan maqsad va
mezonlarga bog‘liq bo‘ladi.
Qarorlarni realizatsiyasi va natijalarni nazorati. Qaror-
larning realizatsiyasi tanlangan muqobil, belgilab qo‘yilgan
ishlarni bajarilishini bildiradi. Masalan, asbob-uskunalarni
sotib olish, yangi mahsulot ishlab chiqarishni boshlash, ish
vaqtidan tashqari vaqtdan foydalanish, ichki va tashqi
muhitda o‘zgarishlarni kutish.
Qarorning samaradorligi uning amalga oshirilish natija-
larini nazoratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar istalgan natijalar bo‘l-
masa, u holda jarayon tekshirilishi uning, ijrosida hisob-
kitoblarda yoki noto‘g‘ri boshlang‘ich asosli farazlarda
hatolarni aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Ushbu holatda vaziyatni tezda to‘g‘irlash mumkin. Qaror-
larning realizatsiyasi jarayoni har doim ham ketma-ket
amalga oshirilmaydi. Odatda, orqaga qaytishga va hammasini
boshdan boshlashga, ayniqsa, muqobil variantlarni ishlab
chiqishni tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Masalan, agar bironta
ham muqobil variantlar istalgan natija berolmasa, qo‘shimcha
muqobil variantlar ishlab chiqilishi zarur bo‘ladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling