A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21- mavzu. KORXONA FAOLIYATI TURLARINING TAHLILI VA SHAKLLANISHI 21.1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati shakllari
Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish va marketing qarorlarining farqi nimada? 2. Kompromis tushunchasini izohlab bering. 3. Qarorlar qabul qilishga qanaqa omillar ta’sir etadi? 4. Qaror qabul qilishdagi modellarni aytib bering. 5. Тalabning egri hayotiy jarayoni nima? 6. Mehnat xarajatlari material xarajatlariga nisbatining 3 omilini bilasizmi? 177 21- mavzu. KORXONA FAOLIYATI TURLARINING TAHLILI VA SHAKLLANISHI 21.1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati shakllari Korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish fao- liyati shakllarida qarorlar qabul qilish bir qator bosqich- lardan tashkil topadi va boshlang‘ich buyurtmalar portfeli asosida o‘tkaziladi. Korxona faoliyati turlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga yordam beruvchi bir necha omillar mavjud bo‘lib, bular: — ishlab chiqarish yoki xizmat (servis) ko‘rsatish sohasi; — ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish texnologiyasi; — mahsulot, xizmatlarning iste’molchilari; — mahsulot, xizmat realizatsiyasining geografik zonasi. Faoliyat turlarini tahlil qilishda korxonani ishlab turgan joriy ahvolini va tashqi muhitini, shuningdek resurslar salo- hiyatini va korxonaga yangi kiritilgan innovatsion portfelni hisobga olish zarur bo‘ladi. Korxonaning tashqi muhit ta’siriga munosabati turlari tahlil qilinib, ularning qaysi birlari boshqaruvda ustunroq ekanligi aniqlanadi. Agar korxonaning innovatsion munosa- bati sust bo‘lsa, kiritiladigan yangiliklar to‘plamini shakl- lantirish, hatto barcha boshqa asoslar (moliyaviy sharoit, raqobatbardosh pozisiya, yangiliklar kiritilishga bo‘lgan ish- lab chiqarish ehtiyojlari) bunga qulaylik tug‘dirsada maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. 178 Kelajakda dastlabki faoliyat turlari to‘plamini sinchkovlik bilan tahlil qilishga yordam beradigan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. «Lomo» AJ (Rossiya) harbiy-sanoat kompleksining muvaffaqiyatli islohotlashtirilayotgan firmalaridan biridir. Aynan shuning uchun ham u ishlab chiqarish, hamda sotish hajmini o‘stirishga muvaffaq bo‘lmoqda.Ushbu natijalarga mahsulotlar assortimentning sezilarli darajada istiqbolsiz bo‘lgan turlaridan «tozalanishi» hisobiga erishildi. Ushbu turdagi masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun, AJ ma’muriyati boshqaruvning ba’zi funksiyalarini desentra- lizasiya qilinishiga rozilik berdilar. Natijada «Lomo» uyush- masiga tegishli ishlab chiqarish texnik kompleks menejer- lariga, ularning moliyaviy harakatlari ustiga, ularning moliyaviy harakatlari ustidan markaziy nazoratning saqlab qolinishi bilan ayni bir paytda, nima ishlab chiqarish va nima sotishni mustaqil hal qilish huquqi berildi. Natijada oxirgi 5–7 yil ichida «Lomo» AJ ishlab chiqaruvchi mahsulotlari turlarini 700 tadan 120 taga yoki deyarli 6 martaga qisqartirdi. Bu esa resurslarni boshqa, talabi yuqori bo‘lgan tovarlarga (tibbiyot texnikasi, optik uskunalar va b.) yo‘naltirib, ularni bozorga faollroq chiqarishga yordam berdi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarining tarkibini shakllantirishda quyidagi mezon va aniqlashtiruvchi omillar hisobga olinadi: — kutilayotgan o‘sish sur’atlari va texnologiyaga talabning qat’iy jarayoni bosqichlari tavsifida o‘z ifodasini topgan o‘sish istiqbollari; — rentabellik dinamikasi; — istiqbollar aniqligi yo‘qoladigan va o‘zgarish mumkin bo‘lgan barqarorsizlikning kutilayotgan darajasi; 179 — faoliyat turlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi kelajakda muvaffaqiyatli raqobatning asosiy omillari. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarini baholash uchun portfel matrisalaridan foydalaniladi: — Boston konsalting guruhi matritsasi; — Hayotiy jarayon (sikl) portfeli A.D. Littl matritsasi; — Mas Kinsey ning ko‘p omilli matritsasi Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling