A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Qaror qabul qilishining shart va cheklovlari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Qaror qabul qilishining shart va cheklovlari. Menejerning
barcha sa’y-harakatlariga qaramasdan qaror kutilmagan
holatlar tufayli muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkin. Ba’zan
ushbu vaziyat menejerning ish uslubi tufayli sodir bo‘ladi,
masalan, uning qarorlarni tez qabul qilishi yoki oqibatlarni
ko‘ra olmasligi kabilarni keltirish mumkin.
Menejerlar hisobga olishi kerak bo‘lgan boshqa omil-
ob’ektiv cheklovlarga moddiy vositalar, insoniy imkoniyatlar,


181
ish kuchi, muddatlar, texnologiyalar, axborotlar va
boshqalar kiradi.
Yuqoridagi cheklovlar tufayli menejerlar ko‘pincha
maksimal foyda olish nuqtai nazaridan optimal qarorni topa
olmaydi. Buning qrniga ular o‘rtacha qoniqarli qaror bilan
kifoyalanishiga to‘g‘ri keladi.
Muvaffaqiyatsiz qarorlarning boshqa sababi shundaki,
korxonalar odatda muayayn mezonlar bo‘yicha optimal-
lashtirish o‘tkaziladigan doiradagi bo‘limlar hajmidagi
muammolarni ko‘rib chiqadi (subpozitsiya). Bu turli
bo‘limlarning o‘zlariga qulay bo‘lishi uchun qaror tayyor-
lashga qilingan urinishlaridir. Lekin bir bo‘limga qulay
bo‘lgan qaror, boshqa bo‘limlar uchun noqulay bo‘lishi
mumkin.
Shu kabi xatolar ko‘pincha logistik tizimni joriy qilishda
yetarlicha paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish bo‘yicha qabul
qilinadigan qarorlar shartlari aniqlik va muayyanlik daraja-
lariga ko‘ra tasniflanadi. Bunda 3 ta asosiy kategoriyalar
mavjud bo‘lib, ular: aniqlik, tavakkalchilik va noaniqlik.
Aniqlik ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ning muhim
parametr-larini bildiradi, masalan harajatlar, ishlab chiqarish
quvvati va ishlab chiqarish ehtiyoji bizga ma’lum ko‘rsat-
kichlaridir. Тavakkalchilik — ba’zi parametrlar ehtimolligini
bildiradi.
Noaniqlik – bo‘lg‘usi voqealarning ehtimolligini aniq
baholash mumkin emasligini bildiradi.
1. Bir birlik foyda – 50 so‘m, 100 birlikka buyurtma
mavjud qancha foyda olasiz? (Bu aniqlikka misol, chunki
bir birlikdan foyda va umumiy ehtiyoj bizga ma’lum).
2. Bir birlikdan foyda – 50 so‘m. Oldingi tajribaga
asoslanib 20 ta buyurtma olinishinining 50% li ehtimoli va
100 (ta) birlik buyurtma olinishining 50% li ehtimoli mavjud.


182
Kutilayotgan foyda (daromad) qancha? (Bu tavakkalchilikka
misol, chunki ehtiyojlarning ko‘rsatkichlari ehtimolidir).
3. Bir birlikdan foyda 50 so‘m. Potensial talab ehtimol-
liklari ma’lum emas. (Bu noaniqlikka misol). Har uchala
mumkin bo‘lgan shart qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos
usullarini talab qiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling