196
iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida paydo bo‘ladigan
iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI
— jamiyat ixtiyoridagi
barcha resurslardan foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur
bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratish.
ISHLAB CHIQARISH XARAJAТLARI
—
tovar va xiz-
matlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish-
da qilinadigan barcha sarflardan iborat.
ISH HAQI
— ishchi va xizmatchilarning mehnati miq-
dori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan
olinadigan ulushini puldagi ifodasidir.
ISHSIZLIK
— aholi mehnatga yaroqli qismining o‘ziga
ish
topa olmay qolishi, mehnat zahira armiyasiga ay-
lanishi.
IQТISODIYOТ
— cheklangan
iqtisodiy resurslardan
unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy
vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan
va chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar
birligidir.
IQТISODIY SIYOSAТ
— hayotiy ne’matlarni ishlab chi-
qarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi
davlatning aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlari tizimidan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: