199
MEHNAТ
— tovarning iste’mol qiymatini yaratadigan, biron
bir aniq ko‘rinishga ega bo‘lgan mehnat turi tushuniladi.
b)
ABSТRAKТ MEHNAТ
—
tovar qiymatini yaratadi. «Abs-
trakt» (so‘zi o‘zbek tilida «mavhum» degan ma’noni bil-
diradi). Mehnat aniq shaklidan qat’iy nazar umuman
sarflangan ish kuchidir, jami ijtimoiy mehnat sarfidan iborat
bo‘ladi.
MEHNAТ BIRJASI
— ishchi, xizmatchi va ish beruvchi
o‘rtasidagi ishchi kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha
kelishuvni amalga oshirishda muntazam vositachi vazifasini
o‘taydigan, ishsizlar hisobini yuritadigan, ularni ish bilan
ta’minlash, qayta o‘qitish kabilar bilan shug‘ullanuvchi davlat
muassasasi.
MIKROIQТISODIYOТ
— korxona,
firmalar, ya’ni
iqtisodiyotni birlamchi, boshlang‘ich bo‘g‘ini
haqidagi
iqtisodiyotdir. U cheklanganlik, tanlash va muqobil qiymat
singari tushunchalar bilan, shuningdek ishlab chiqarish va
iste’mollar bilan shug‘ullanadi.
MILLIY IQТISODIYOТ
—
bu barcha ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish tarmoqlari va sohalarini, funksional
iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga qamrab
olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
MILLIY VALYUТA
— muayyan mamlakatning pul birligi.
MILLIY DAROMAD
— muayyan mamlakatda bir yilda
moddiy ishlab chiqarish sohalari tomonidan yangidan hosil
qilingan qiymat yoki boshqacha qilib aytganda, yalpi
ijtimoiy mahsulotning ishlab
chiqarish jarayonida sarf
qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tash-
langanidan so‘ng qolgan qismi. MD moddiy ne’matlar
ishlab chiqariladigan sharoitlarda jonli mehnat vositasida
yaratilib, ham qiymat — pul, ham moddiy — buyum shakliga
ega bo‘ladi.
200
MONOPOLIYA
— 1) yakkahokimlik; 2)
ishlab chiqa-
rishni markazlashtirish oqibatida yuzaga keladigan katta
birlashma (kartel,
sindikat, trest, konsern, konsorsium
konglometrat va shu kabilar). Ushbu birlashma o‘z ichiga
ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni, mahsulot sotishning
ko‘p qismini mujassamlashtiradi, shu sohada o‘zini hukmron
mavqeyini o‘rnatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: