201
NAFAQA
— ijtimoiy madadga muhtoj barcha kishilarning
moddiy ta’minoti.
NOТIJORAТ ТASHKILOТLAR
— bu foyda olishni va
uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ymagan muassasalardan iborat. M: jamoatchilik
yoki diniy tashkilotlar, xayriya fondlari va hokazo.Odatda
ixtiyoriylik asosida, yagona maqsad bilan ma’naviy va boshqa
nomoddiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
REKLAMA
— (fr.
reclame) — tovar yoki ko‘rsatiladigan
xizmat to‘g‘risidagi
xolis axborot, ularni ko‘proq sotish
maqsadida xaridorlarga
ularning xossalari, afzalliklari va
sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus firmalar orqali
amalga oshiriladi va yuqori daromad manbai hisoblanadi.
RENТABELLIK
— (nem.
rentabel — foydali, daromad-
li) — foyda olish darajasi. R. ma’lum davr mobaynida olingan
foyda miqdorining shu davrda
sarflangan asosiy ishlab
chiqarish fondlari va oborot vositalari qiymati yig‘indisiga
yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari-
tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: