Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari


Download 69.34 Kb.
bet1/18
Sana18.06.2023
Hajmi69.34 Kb.
#1576304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Технология оралик жавоблари


Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari
O`qitish shakli deganda o`quvchilarining aniq mashg`ulot (dars) dan ko`zda tutilgan maqsadga erishishi uchun texnologiya ta’limi o`qituvchisi rahbarligida o`quv materalini ongli va faol ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan o`quv tarbiya faoliyatini tushunmoq kerak. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari, ya’ni o'qituvchi va o'quvchilarning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ko'rinishi texnologiya ta’limining tashkiliy shaklini anglatadi.
Texnologiya ta’limi darslarini tashkil qilish shakllariga quyidagilar kiradi:
– Nazariy mashg`ulotlar
– Amaliy va amaliy laboratoriya mashqlari
– Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat
– Firmalar, xususiy korxonalar bazasida mashg`ulot
– O`quchilarni mehnatga oid mustaqil ishlari
– Mehnatni tashkil etish shakllari
– Masofaviy ta’lim.
Texnologiya ta’limi mashg'ulotlari jarayonida nazariy mashg'ulotlardan juda kam foydalaniladi. Nazariy mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga dastur asosida mavzularni ko'rgazmadan foydalanib olib boradi. Nazariy mashg'ulotlar davomida dastur mavzularining mazmuni yoritiladi,
Amaliy mashg'ulotlar o'qituvchi tomonidan boshqarilib, o'quvchilar tomonidan berilgan topshiriqlar ongli o'zlashtiriladi, mehnat faoliyati aniq tashkil etiladi. Amaliy mashg'ulotlarda o'qituvchilar oldiga quyidagi maqsadlar qo'yiladi: o'quvchilarning o'quv materialini, o'zlashtirgan bilimini, mehnat ko'nikmasini va malakalar darajasini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirishda mehnat usullarini ko'rsatish va hokazo.
Sayohat—texnologiya ta’limini tashkil etishning shunday shakliki, u orqali o'quvchilar bevosita ishlab chiqarish sharoitida jihozlar bilan tanishib, texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni kuzatib boradi.
Mashg'ulotni tashkil etishning bunday shaklidan 8–9-sinf o'quvchilari bilan kasb tanlashga yo'llash mashg'ulotlarini olib borishda foydalanish mumkin. Mashg'ulotning bunday shaklini o'tkazishda firma yoki xususiy korxona bilan shartnoma tuziladi, o'quvchilarni zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan unumli mehnatda qatnashishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi
O'quvchilarning texnologiyaga oid mustaqil ishlariga quyidagilar kiradi:
1. Uy vazifasi tariqasida topshiriqlar berish o'quvchilarni bilish faolligini, ijodiy mustaqilligini o'stiradi, ularni hayotga, mehnatga tayyorlaydi. Texnologiya ta’limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga o'z o'lchamida buyumlar chizmasini chizish, buyum andazasini tayyorlash vazifasi topshiriladi.
2. Ijodiy topshiriqlarni bajarish. O'quvchidagi ijodiy faollik kasbga muhabbatni rivojlanish imkonini beradi. O'quvchi berilgan topshiriqni bajarishda fan va texnologiya yutuqlarini, topshiriqning eng maqbul yechimlarini topish imkoniyatlari ustida izlanadi.
Mehnatni tashkil etishning xilma-xil shakllari mavjud bo'lib, mavzuning maqsadiga bog‘liq bo'ladi. Chizma chizishni barchaga barobar o'rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda zveno va yakka shakldan foydalaniladi. O'quvchilar va o'qituvchilar tomonidan birgalikda bajarilgan ish frontal usul deyiladi. Maxsus o'qitish vositalari yordamida o'qituvchi bilan bog'lanish, shaxsiy jadval bilan o'zi xohlagan joyda o'qishi, o'z ustida intensiv, mustaqil ishlashi lozim bo'lgan, maqsadga yo'naltirilgan bilim olish turi.

Download 69.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling