Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari


O`quvchilarning ota-onalarini kasbga-yollash ishlaridagi ishtiroki bo`yicha katigoriyalari


Download 69.34 Kb.
bet14/18
Sana18.06.2023
Hajmi69.34 Kb.
#1576304
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Технология оралик жавоблари

O`quvchilarning ota-onalarini kasbga-yollash ishlaridagi ishtiroki bo`yicha katigoriyalari
O`quvchilarning hamma ota-onalarini (ularni o`z bolalari bilan oilaviy kasb tanlashga yo`llash ishlarida aktiv ishtirok etish darajasiga qarab) taxminan 4 katigoriyaga bo`lish mumkin.
1. Ota-onalar bolalarining o`yinlari va mehnatini kuzatadilar, uyda bolalari qiziqqan har qanday ish bilan mashg’ul bo`lishlari uchun sharoit yaratib beradilar; bolalari bilan korxona, kollektivning mehnati haqida, o`z ishlab chiqarish muvaffaqiyatlari to`g’risida suhbatlashadilar; ularning qiziqishlari va qobiliyatlari va xalq xo`jaligi ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniq maslahatlar beradilar.
2. Ota-onalar bolalari bilan kasb tanlash haqida suhbatlashadilar, lekin aktiv ta’sir ko`rsatmaydilar, o`z bolalarining individual hususiyatlarini har doim ham hisobga olavermaydilar.
3. Ota-onalar bolalarining rejalariga ha deb aralashaveradilar, ularning qiziqishlari, istak va imkoniyatlarini hisobga olmaydilar, kasbning moddiy va obroli tomonlaridan kelib chiqib o`zlari tanlagan ihtisosni egallashga majbur qiladilar.
4. Ota-onalar o`z bolalarining kelajagiga passiv va sovuqqonlik bilan qaraydilar, ularga kasb tanlashga yordam bermaydilar, bu muammodan o`zlarining behabarligi va noto`g’ri maslahat berib qo`yishlaridan cho`chib, “o`zing ko`r”, “qaysi biri yaxshi bo`lsa shuni tanla” va x.k. qabilida ish tutib, o`zlarni chetga tortadilar.
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi (Kaykovus,Abu Nasr Farobiy,Abu Rayxon Beruniy)
Абу Райҳон Беруний ўзининг “Минералогия” асарида “Меҳнатсиз шон-шавкатга, мартабага эришган киши ҳурматга лойиқми?” - деган саволни ўртага қўяди ва унга ўзи қуйидагича жавоб беради: “Юқори мартабага меҳнатсиз эришган киши фароғат ва роҳат соясида яшайди, яхши кийинади, аммо улуғлик либосидан маҳрум, яланғочдир”. Буюк мутафаккир ушбу сўзлари билан ҳақиқий улуғлик, ҳақиқий роҳат, ҳақиқий фароғатда яшаш учун киши ҳалол меҳнат қилмоғи лозим. “Агар киши меҳнатсиз ҳолда юқори мартабаларга чиқиб қолган тақдирда ҳам (ҳаётда бунақаси ҳам учраб туради) меҳнат қилмаса, бу ҳолда киши юзаки обрўга эга, аслида эса у яланғочдир”, - дейди.
Кайковус томонидан яратилган “Қобуснома” асари Шарқ халқлари орасида маълум ва машҳур бўлиб, жумладан, ушбу китобда ҳунар ўрганишнинг афзаллиги тўғрисида “Эй фарзанд, огоҳ бўлки, ҳунарсиз киши ҳамиша фойдасиз бўлур ва ҳеч кишига наф еткурмас” ва яна “Бас агар ақлинг бўлса, ҳунар ўрганғил, нединким, ҳунарсиз ақл - бошсиз тана”, - деб ўгит берилади.
Farоbiy ta’lim-tarbiyasining asоsiy vazifasi jamiyatning talablariga javоb bеra оladigan shu jamiyat uchun хizmat qiladigan еtuk insоnni tarbiyalashdan ibоrat dеb biladi. U ta’lim tarbiyaga uchinchi bo`lib ta’rif bеrgan оlim.
Ta’lim dеgan so`z insоnga o`qitish, tushuntirish asоsida nazariy bilim bеrish; tarbiya-ta’limining nazariy fazilatini ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo`lgan хulq nоrmalarini va amaliy malakalarini o`rgatishdir, dеydi оlim. Farоbiy fikricha, еr yuzida faqat insоn bilish qоbilyatiga ega. Haqiqatni bilish esa, insоnning tabiiy rivоjlanish hоlatidan biridir, dеydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga оshirishda Farоbiy ikki usuldan fоydalanishni tavsiya qiladi. Agar tarbiyalanuvchi bilim оlishga ishtiyoqi zo`r bo`lsa, unga «yumshоq usul»ni ya’ni хохish bo`lmasa «qattiq usul»ni qo`llash jоyiz, dеydi.

Download 69.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling