Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari


O`zbek folklorining barcha janrlari haqida ma’lumot bering


Download 69.34 Kb.
bet11/18
Sana18.06.2023
Hajmi69.34 Kb.
#1576304
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Технология оралик жавоблари

O`zbek folklorining barcha janrlari haqida ma’lumot bering
Xalq og`zaki ijodida mehnat tarbiyasi (rivoyat,topishmoq,ertak)
ERTAKLAR Ertaklarda mo’jiza yoki sarguzasht ma’lum voqea-hodisalarni hayot bilan bog’lab, haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik, oliyjanoblik g’oyalarini targ’ib etadi. Shuning uchun ular bolani o’ziga ko’proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Jumladan: “Chol bilan kampir”, “Bulbuligo’yo”, “Ur to’qmoq”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Bo’ri bilan qo’zichoq”, “Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar haqidagi turlari, mitti polvonlar (“No’xatvoy”, “Quloqvoy”, “Handalak polvon”, “Yapaloqpolvon”) haqidagi turlari, bir yoki ikki epizodli satirik ifoda vositasida salbiy tarbiyaviy sifatlarni tanqid, masxara qiluvchi etnopedagogika turidir. o’zbeklarda latif qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tkazilad
RIVOYAT – hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi etnopedagogik manba bo’lib, unda tarixiy voqealar, ayrim shaxslar va geografik joy bilan bog’liq voqealar, ularning bunyod yoki vayron etilishi hikoya qilinadi. Rivoyat o’quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do’stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma‘naviy va jismoniy kamolotga intilish hissini uyg’otadi.
Topishmoq – deb, bir-biriga o’xshash ikki predmetdan jumboq yasalib, ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallangan she‘riy yoki nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog’ida eng to’yimli ozuqa – patir “Oy” ga o’xshatilgan. Oy ham go’zal, tunda olamni munavvar qiladi. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin:
Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar,
To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal
Bo’lar sariq yo qizil, Yer tagida yetilar.
Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkilar.
Xalq og`zaki ijodida mehnat tarbiyasi (doston, termalar, latifa)
ЛАТИФА (араб. — мутойиба, ҳазил) — халқ ҳажвиёти жанрларидан, танқидий мазмундаги қисқа юмористик ҳикоя. Қадимдан ЎртаОсиё халқлари орасида кенг тарқалган. Латифалар қаҳрамони жонли ва таъсирчан сўзлайдиган, ҳазилмутойибага бой, ҳақиқат ва адолатни ҳимоя қилувчи ҳозиржавоб шахс. Л. сюжетини қочириқ, кесатик, пичинг тўла ҳажвий эпизод ва ҳолатлар ташкил этади. Саргузашт характеридаги сюжет содда ва лўнда ифода этилади. Латифанинг илк намуналари Юсуф Хос Ҳожибнинг «Қутадғу билиг», Саъдийнинг «Гулистон» асарларида учрайди. Латифа жанри 11-аcpдан сўнг кенг шаклланди ва ривож топди. Рабғузийпнт «Қиссаи Рабғузий», Алишер Навоийнинг «Хамса» ва б. асарларда халқ орасида маълум ва машҳур бўлган Латифа лардан фойдаланилган. Латифа қаҳрамони ўзбекларда Афанди, тожикларда Мушфиқий, туркманларда Мирали номи билан юритилади. Ўзбек халқ латифаларини дастлаб Шариф Ризо тўплаб, нашр эттирган.
Doston–qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni anglatadi.

Download 69.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling