Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari


Xalq og`zaki ijodida mehnat tarbiyasi (rivoyat,ertak,tez aytish)


Download 69.34 Kb.
bet12/18
Sana18.06.2023
Hajmi69.34 Kb.
#1576304
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Технология оралик жавоблари

Xalq og`zaki ijodida mehnat tarbiyasi (rivoyat,ertak,tez aytish)
ERTAKLAR Ertaklarda mo’jiza yoki sarguzasht ma’lum voqea-hodisalarni hayot bilan bog’lab, haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik, oliyjanoblik g’oyalarini targ’ib etadi. Shuning uchun ular bolani o’ziga ko’proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Jumladan: “Chol bilan kampir”, “Bulbuligo’yo”, “Ur to’qmoq”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Bo’ri bilan qo’zichoq”, “Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar haqidagi turlari, mitti polvonlar (“No’xatvoy”, “Quloqvoy”, “Handalak polvon”, “Yapaloqpolvon”) haqidagi turlari, bir yoki ikki epizodli satirik ifoda vositasida salbiy tarbiyaviy sifatlarni tanqid, masxara qiluvchi etnopedagogika turidir. o’zbeklarda latif qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tkazilad
Tez aytishlar - bola tafakkuri va xotirasini takomillashtiradi, topishmoqlar esa aqliy faoliyatni rivojlantiradi. Maqollar odob-axloq tarbiyasini, qo’shiqlar bolalarni estetik didlarini shakllantirish, ertak va dostonlarda esa tarbiyaning barcha qirralarini tarbiyalashda o’z o’rnini topgan. Lekin har bir janrni alohida chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p tarbiyaviy manbalar uchratish mumkin.
Nonvoy nonni yopar,
Nonni novvot deb sotar.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
RIVOYAT – hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi etnopedagogik manba bo’lib, unda tarixiy voqealar, ayrim shaxslar va geografik joy bilan bog’liq voqealar, ularning bunyod yoki vayron etilishi hikoya qilinadi. Rivoyat o’quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do’stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma‘naviy va jismoniy kamolotga intilish hissini uyg’otadi.
Xalq og`zaki ijodida mehnat tarbiyasi (topishmoq, afsona,naql)
Topishmoq – deb, bir-biriga o’xshash ikki predmetdan jumboq yasalib, ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallangan she‘riy yoki nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog’ida eng to’yimli ozuqa – patir “Oy” ga o’xshatilgan. Oy ham go’zal, tunda olamni munavvar qiladi. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin:
Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar,
To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal
Bo’lar sariq yo qizil, Yer tagida yetilar.
Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkilar.
AFSONA – arabcha so’z bo’lib, sarguzasht, sehr-jodu va uydirmaga asoslangan hikoya ma‘nosini anglatadi. Afsonada xalq orzusidagi qahramonlar vositasida dushmanlarni, tabiat stixiyalarini daf etishga mifologik obrazlar yordamida erishiladi. Ular o’quvchini ushbu qahramonlarga o’xshashga, ularga xos tarbiyaviy sifatlarni egallashga undaydi.

Download 69.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling