A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi
kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya’ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin. Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta ta’kidlashga ehtiyoj yo‘q: birinchidan, bozor “vakuumni”, harakatsizlikni, xo‘jasizlikni va yo‘qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o‘z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo‘lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. Shu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘in- larida tejamkorlikka rioya qilish har bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‘ringa ega. Ularning ahamiyati ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkab- lashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‘rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish — konsentratsiya, ixtisos- lashtirish, kooperatsiya va kombinasiya qilishni kiritish mumkin. Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag‘batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoli- yatining butun xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona rahbarining ish stili va usullari fan- texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va kasbiy mala- kasiga ko‘ra, oddiy xodimlar va bo‘linma (xizmat) rahbar- 145 laridan yuqori turishi lozim. Aks holda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi hamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo‘lishi qiyin. Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko‘rsat- kichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob- kitoblarni hamda zamonaviy kompyuter texnikasi va uning reja iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishdagi imko- niyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi. Korxona faoliyatining samarali bo‘lishida ishlab chiqa- rishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot- larning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o‘rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Albatta, yuqorida keltirib o‘tilgan omillarni amalga oshirish ma’lum bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyati va ahamiyatini o‘zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o‘z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o‘zining bugungi kundagi muvaf- faqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o‘z o‘rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo‘lishini ta’minlaydi. 146 Ishlab chiqarish va korxona faoliyatining samaradorligi «moda»ga ergashish yoki avvalgi rejali iqtisodiyotning aks- sadosi emas. Korxonaning muvaffaqiyati va iqtisodiy jihatdan barqarorligi samarali xo‘jalik yuritishga asoslanadi. Samaradorlik — xo‘jasizlik, isrofgarchilik va boshqa talofatlarning antirodidir. Biroq samaradorlik o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensiv- lashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muhim omili va yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi. Samaradorlikning asosi xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishdadir. Korxona xo‘jalik yuriti- shining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig‘imi, material sig‘imi, mehnat sig‘imi, rentabellik va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. Bu jihatdan bugungi xo‘jalik yuritish amaliyoti to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti, xususiy va qarzga olingan aylanma mablag‘lar nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti va xususiy aylanma vositalar bilan ta’min- langanlik koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi. Тurli korxonalarda xo‘jalik yuritish samara- dorligiga o‘z imkoniyatlari va yuzaga keluvchi iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda turli usullar yordamida erishiladi. Samaradorlikka erishishning hamma uchun to‘g‘ri keluvchi yagona yo‘li mavjud emas. Korxonaning vazifasi barcha faoliyat turlarida samaradorlikka erishish yo‘llarini qidirishdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling