A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.3. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari va omillari
maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
Shartli misol keltirib o‘tamiz. Aytaylik, korxonaning 10 mln. so‘m miqdorida mablag‘i bo‘lib, bu mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo‘ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, korxona 10 mln. so‘m sarf qilganda qo‘shimcha 11 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln. so‘mni yoki qo‘shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi. Agar korxona ushbu mablag‘ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‘yganida, foizlar uchun 1, 2 mln. so‘m foyda olgan bo‘lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0, 2 mln. so‘m miqdoridagi qo‘ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya’ni eng ko‘p foydaga ega bo‘lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bo‘lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi. 17.3. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari va omillari Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy 142 barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samara- dorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo‘qotish bilan izohlash mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin: — ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda majmua ravishdagi mexanizatsiya- lashtirish; — asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish; — progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘nal- tirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish; — xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamo- naviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish; — ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va bosh- qarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish; — ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish. Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina xohish va istaklarning o‘zigina etarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo‘lgan yo‘nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag‘larini va boshqa zarur bo‘lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, uchinchi- dan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va 143 boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog‘lash”, to‘rtinchidan, o‘z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samara- liligini hisoblab chiqish talab qilinadi. Fan-texnika taraqqiyoti so‘nggi paytlargacha evolyusion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy e’tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora- tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi. Yangi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari “ekspluatorlik belgisi” sifatida, ishlab chiqarishni avtomat- lashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmas edi. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o‘zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so‘nggi avlod texnikasiga o‘tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. Shu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lmish universitetlar, ilmiy markaz va laboratoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o‘rinlarda turishi ham bejiz emas. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling