A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.2. Korxonaning bankrotlik holati
Korxonaning tijorat sirlari — ishlab chiqarish, texnologik
ma’lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog‘liq 123 bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir. Ko‘pincha «tijorat sirlari» tushunchasidan tashqari kor- xonaning «ishlab chiqarish sirlari» tushunchasi ham qo‘l- laniladi. U ishlab chiqarish usullari, texnologiyalar, texnik kashfiyotlar, tadqiqot ishlari, mehnatni tashkil qilish, aloqa tarmog‘i va shu kabilar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. — Bugungi bozor munosabatlari, ayniqsa raqobatchilik muhiti sharoitlarida korxona tijorat va ishlab chiqarish sirlarining oshkor qilinishi uning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar iste’mol- chilarini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. 16.2. Korxonaning bankrotlik holati O‘zbekiston Respublikasining 1996- yil 30- avgustdagi «Bankrotlik tug‘risida»gi Qonuni kreditorlarning da’volarini qondirish maqsadida xo‘jalik yuritish subyektlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot bo‘lgan, deb e’tirof etish shartlari tarkibini belgilab berdi. Xo‘jalik subyektining bankrotlik holati deyilganda qarz- larning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to‘lash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi tushuniladi. Kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan e’tiboran xo‘jalik yuritish subyekti uch oy mobaynida ularni bajara olmayotganligi yoki bajarishga qodir emas- ligining muqarrarligi sababli uning joriy to‘lovlarini to‘xtatib 124 quyilishi xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lishining tashqi alomati hisoblanadi. Bankrotlik fakti xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilganidan yoki xo‘jalik yuritish subyekti ixtiyoriy ravishda tugati- layotganida uning o‘zi bankrot bo‘lganligini rasman e’lon qilganidan keyin xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lgan hisoblanadi. Bankrotlik tizimining muhim tashkil etuvchilaridan biri korxonaning moliyaviy ahvolini diagnostika qilish, yaqinlashib kelayotgan inqirozli holatni nazorat qilish va o‘z vaqtida uning oldini olish bo‘lib, korxona boshqaruvining asosiy vazifasi hisoblanadi. Korxonaning ravnaq topishi va inqirozga yuz tutishi bir qator omillarning o‘zaro ta’siridan kelib chiqib, ular tashqi va ichki omillarga bo‘linadi. Тashqi omillarga korxonaga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ichki omillar esa korxonada ishning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Korxonaga tashqi (sosial) va ichki (texnik) omillarning o‘zgarishiga qay darajada moslasha olganligi, bu borada uning qobiliyatini rivojlanganligi nafaqat firmaning yashovchanligini saqlab qoladi, balki uning gurkirab rivojlanishini ta’minlaydi. Korxona faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi: — aholi ehtiyojining hajmi va tarkibi; — aholi pul jamg‘armasining va daromadining qay dara- jada ekanligi, xarid qobiliyati; — mamlakat ichki siyosatining yo‘nalishi va barqarorligi; — fan va texnikaning rivojlanganligi; — madaniylik darajasi, ya’ni iste’mol normasi va odatlar, ayrim tovarlarni afzal ko‘rib, boshqa tovarlardan voz kechish; — xalqaro raqobat, bunda xorijiy firmalarning arzon mehnat yoki mukammal texnologiyalar evaziga muvaffaqiyat qozonishi. 125 Bankrotlikning dastlabki belgilariga qo‘yidagilar kiradi: a) hisobotlar berilishining kechiktirilishi. Bu korxonaning moliyaviy xizmati yomon yo‘lga qo‘yilganligidan darak beradi; b) balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar tizimidagi keskin o‘zgarishlar, ayniqsa: — hisob raqamida mablag‘ning kamayishi; — debitorlik qarzlarning ortishi (qarzlarning keskin kamayib ketishi ham mahsulot sotishda muammolar paydo bo‘lganligidan darak beradi); — debitorlik schyotlarining eskirishi; — debitorlik va kreditorlik qarzlari balansining buzilishi; — kreditorlik qarzlarining ko‘payishi (hisob raqamida pul bor bo‘lsa-da, kreditorlik qarzlarining keskin kamayib ketishi ham, shuningdek, faoliyat hajmi kamayganligini bildiradi); — mahsulot sotish hajmining kamayishi (mahsulot sotish hajmining keskin ortib ketishi ham ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki bu holda qarzlar balansining buzilishi, agar xaridlar, kapital sarflar o‘ylamasdan qilinishi bankrotlikka olib kelsa-da, bundan tashqari mahsulot sotish hajmining ortishi korxonaning tugatilishi oldidan bozorga mahsulotning ko‘plab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin); d) korxonadagi nizolar, biron-bir rahbarning ishdan bushatilishi, chiqarilayotgan qarorlarning ko‘payib ketishi va h.k. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling