A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

15.2. Soliqlarni tasniflash
Soliqlarni har xil belgisiga qarab bir necha xil ko‘rinishda
tasniflash mumkin.
Soliqqa tortish obyektining to‘lovchi bilan davlatning
o‘zaro munosabatlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga
bo‘linadi. Bulardan birinchisi moddiy boylikni sotib olish va
to‘plash jarayonida undirilsa, ikkinchisi uni sarf qilish
jarayonida undiriladi. Bevosita soliqlar jismoniy va yuridik
shaxslarning daromadlaridan undiriladi, bilvosita soliqlar esa
soliq sistemasining boshqa bo‘g‘iniga ko‘chirilgan bo‘lib, unda
soliq yuki oxirgi foydalanuvchiga — haridorga ko‘chirilgan.
3-chizma. Soliqlarni tasniflash.
Soliqlar
Bevosita soliqlar
Bilvosita soliqlar
Shaxsiy
daromad
solig‘i
Real
mol-mulk
solig‘i
Universal
QQS
Individual
aksiz
Import
bojxona
bojlari


117
Bevosita soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq subyekti tomo-
nidan to‘lanib, ko‘pgina holatlarda uning to‘lov qobiliyatiga
qarab undiriladi. Bunga misol sifatida daromad solig‘ini,
mol-mulk solig‘ini, ya’ni soliq to‘lovchining daromadidan
yoki mulkidan undiriladigan soliqlarni olish mumkin.
Bevosita soliqlar shaxsiy va real soliqlarga bo‘linadi.
Shaxsiy soliqlar soliq to‘lovchining moliyaviy holatini
va to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda uning haqiqatda
topgan daromadidan undiriladi.
Real soliqlar to‘lovchining moliyaviy holatini hisobga
olmagan holda, uning faoliyatini yoki tovarlarini, ya’ni mol-
mulkni sotish, sotib olish yoki foydalanishni (egalik qilishni)
soliqqa tortadi. Shu bilan birgalikda, real soliqlar to‘lov-
chining to‘lov holatini hisobga olmaydi. Bularga asosan
mulk soliqlari (mol-mulk va yer soliqlari) kiradi.
Bilvosita soliqlar yakka bilvosita, bunda odatda qatiy,
ma’lum guruhdagi tovarlar soliqqa tortiladi (ma’lum bir
turdagi aksiz tovarlari), universal bilvosita, bunda imtiyozi
borlaridan tashqari hamma tovarlar, ishlar va xizmatlarga
qo‘yilgan soliqlarga va bojxona bojlariga bo‘linadi.
Soliqlarni o‘rnatish va yangilarini kiritish darajasiga qarab
va ularni foydalanishiga qarab umumdavlat va mahalliy
soliqlarga bo‘linadi. Umumdavlat soliqlari (masalan,
daromad solig‘i, QQS va boshqalar) — davlat byudjetiga
tushadi, mahalliy soliqlar esa hududiy byudjetlarga (masalan,
mol-mulk, yer soliqlari va boshqalar) tushadi. Mahalliy
soliqlarni kiritishdan asosiy maqsad shahar, tuman va boshqa
administrativ-hududiy birliklarning mahalliy byudjetlarni
daromad qismini mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat.
Soliqlarni soliqqa tortish subyektiga qarab ham bo‘lish
mumkin: jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan
soliqlar. Ko‘pgina soliqlar (masalan, daromad solig‘i, mol-


118
mulk solig‘i, yer solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik
uchun soliq va boshqalar) ikkala subyektlar uchun umumiy,
ammo ba’zi soliqlar mavjudki, ular (masalan, QQS,
respublikada ishlab chiqarilgan aksiz tovarlari uchun aksiz
solig‘i va boshqalar) faqat yuridik shaxslardan undiriladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling