A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
16.3. Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11- dekabrdagi «Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida»gi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-1658- son Farmoniga asosan ishlab 126 chiqilgan «Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash to‘g‘risida»gi Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar — qarz- dorlarning to‘lov qobiliyatini sog‘lomlashtirish hamda tiklash maqsadida o‘tkaziladigan nochor korxonalarni sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi. Mazkur nizomda «sanatsiyalash» tushunchasiga izoh beriladi va uning maqsadiga aniqlik kiritiladi. Jumladan, ta’kidlanadiki, zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan iqtisodiy nochor korxonani sanatsiyalash deyil- ganda mulkdor, kreditor (kreditorlar) yoki boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan xo‘jalik subyekti faoliyatini moliyaviy sog‘lom- lashtirish tushuniladi. Xo‘jalik subyektining to‘lov qobiliyatini tiklash, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq to‘lash bo‘yicha kreditorlar talab- larini qondira olish, shu jumladan, byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarni to‘lay olish qobiliyatini tiklash, shuningdek korxonalarning samarali faoliyatini davom ettirishi uchun moliyaviy sharoitlar yaratish — sanatsiyalashning maqsadidir. Zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan yoki iqtisodiy nochor korxonani sanatsiyalashning vazifasi uning barqaror moliyaviy ta’minotini, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, sotishni boshqarish, tashkil etish, uning texnika va texnologiyasida zarur qayta o‘z- garishlarni oqilona va samarali amalga oshirishni ta’- minlashdir. Sanatsiyalash qarzdor korxonaga xo‘jalik sudida uning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atgunga qadar, shuningdek, bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish chog‘idagi dastlabki tadbirlar jarayonida moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 127 Korxonani sanatsiyalashning davomiyligi 18 oydan oshmasligi lozim. Nizomda ta’kidlanishicha, xo‘jalik sudining qaroriga muvofiq nodavlat korxonalari uchun sanatsiyalash davri 6 oygacha uzaytirilishi mumkin. Sanatsiyalash boshlanishidan 12 oy o‘tgach, kreditor- larning talablari umumiy summasidan kamida 40 foizi qondirilgan bo‘lishi lozim. Zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan yoki iqtisodiy nochor korxonaning mulkdorlari, kreditorlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiyalash subyektlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi davlat nomidan sanatsiyalash subyekti sifatida qatnashadi. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar dav- lat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash asosida amalga oshiriladigan sanatsiyalash obyektlari hisoblanishi mumkin. Davlat ishtirokida birinchi navbatda sanatsiyalanadigan korxonalarga qo‘yidagilar kiradi: — oziq-ovqat va nooziq-ovqat, xalq iste’moli tovarlari va dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar; — davlat mudofaa qudratini va xavfsizligini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlovchi korxonalar; — tog‘-kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik sanoati va dehqonchilik sanoati majmuyi korxonalari; — faoliyati davlat tomonidan boshqariladigan kor- xonalar. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qo‘yidagi guruhlariga ham davlat yordami ko‘rsatilishi mumkin: 128 — iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, birinchi navbatda ishlab chiqarish infrastrukturasining ishlab chiqarishni texnologik qayta qurishni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan qismida xo‘jalik faoliyatini faollashtirish holatida bo‘lgan istiqbolli korxonalarga; — raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga; — energiyani tejash texnikasini ishlab chiqarishni hamda mehnat samaradorligini oshirishni, mehnatning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, yangi materiallarni qo‘llash, ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini ta’minlashni, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilishiga mo‘ljallangan yangi ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishni ko‘zda tutgan korxonalarga; — tarmoqlararo va mintaqalararo keng kooperatsiya aloqalari bo‘lgan korxonalarga. Iqtisodiy nochor korxonalar monitoringi va ularning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarar ko‘rib ishlovchi, to‘lov kobiliyatiga ega bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash davlat mablag‘lari ishtirokisiz va ishtiroki bilan ham pulga, ham pulsiz asosda, shu jumladan, tanlov asosida amalga oshiriladi. Nizomda belgilanishicha, davlat mablag‘larisiz sanatsiya- lash qo‘yidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: — zarar ko‘rib ishlovchi, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan qarzdor korxonalarga xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyati tiklanishidan va uning faoliyati davom etishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi; — qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga hisob- lanadigan to‘lovlar muddatini uzaytirish va ularni bo‘lib- bo‘lib berish tug‘risidagi shartlashuvga erishish yoki xo‘jalik 129 yurituvchi qarzdor subyektning faoliyat ko‘rsatishi uchun qarzlaridan chegirma olishga qaratilgan qarzdor bo‘lgan kreditorlar o‘rtasida bitimlar tuzish; — iqtisodiy nochor korxona — debitorni ixtiyoriy ravish- da tugatish yoki uni o‘z kreditorlarining to‘lov qobiliyatlarini tiklash maqsadida qonunchilik bilan belgilangan tartibda bankrot deb e’tirof etish; — iqtisodiy nochor korxona mulkini kim oshdi savdosi yoki tanlov asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xusu- siylashtirish. Davlat mablag‘lari ishtirokidagi nochor korxonalarni sanatsiyalash qo‘yidagi shakllarda amalga oshiriladi: — qarzlardan o‘zaro voz kechishni tashkil etish; — faktoring shaklida; — muddati uzaytirilgan qarzlarni to‘liq yoki qisman to‘lash; — soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashdagi muddatni sanatsiyalash muddatiga uzaytirish, biroq uning muddati 18 oydan oshib ketmasligi kerak; — korxonani sanatsiyalashga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun korxonani sanatsiyalash fondidan mablag‘larni maqsadli ajratish; — ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar ishlab chiqarish uchun qayta ixtisoslashtirish; — korxonaga o‘z mahsulotlarini shartnoma asosida davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berish imkoniyatlarini yaratish; — tashkiliy — ishlab chiqarish menejmentini, shu jumladan, buning uchun chetdan jalb etiladigan yuqori malakali mutaxassislarni menejment, ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing bo‘yicha haq to‘lash yo‘li bilan o‘zgartirish; — xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.Korxonalar mulki egalarining, kreditorlar, birlashmalar (xo‘jalik uyush- 130 malari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami; iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi huzuridagi korxonalarni sanatsiyalash fondi mablag‘lari korxonalarni sanatsiyalashning mablag‘ manbalari hisob- lanadi. Sanatsiyalashning tashkil etilishi va uning qanday o‘tka- zilayotganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Nizomga asosan Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani saqlab qolish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ushbu hol uchun samarali hisoblangan usul qo‘llaniladi, ya’ni korxona tugatiladi yoki bankrot deb e’tirof etiladi. Korxona so‘zsiz inqirozga qarab ketayotgan bo‘lsa va uning tugatilishi bankrotlikning oldini olsa, korxona tugatiladi. Korxonaning tugatilishi ichki va tashqi sabab- lardan kelib chiqadi, shuningdek, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan barcha tadbirlar samarasiz bo‘lsa, korxona ma’muriyatning qarori bilan tugatiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling