A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


-mavzu. ISHLAB CHIQARISH QUVVATI VA


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

11-mavzu. ISHLAB CHIQARISH QUVVATI VA
UNING KORXONA FAOLIYATINI SAMARALI
TASHKIL ETISHDAGI ROLI
11.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati
va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
Mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat
a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la qondirish
asosiy va aylanma fondlar ahamiyati katta. Mamlakat sanoati,
boshqa tarmoqlari, korxonalari qanchalik ko‘p resurslarga
ega bo‘lsa, ulardan to‘la-to‘kis, oqilona foydalana olsa, al-
batta buyuk davlatga aylanadi.
Har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyum-
lari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati
ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i,
elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar
kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-
uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter
va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat
shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etib,
ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko‘ra asosiy va
aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy
fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil
etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish
jarayonida bir necha marta moddiy boyliklar yaratishda
ishtirok etadigan hamda natural shaklini saqlagan holda o‘z


75
qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekinlik bilan
o‘tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko‘ra ishlab
chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ular
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmay-
digan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning
maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga
qaratilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy
fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy
ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining
muhim qismini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mustaqillik
yillarida yildan yilga oshib bormoqda.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish
maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo‘ladi.
Asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish
vazifasining har turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Kerakli mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va
arxitektura-qurilish obyektlari. Binolarga sexlarning ishlab
chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab
chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishi
uchun kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini o‘zgarishi bilan
bog‘lanmagan texnik vazifalarni bajarilishi uchun mo‘ljal-
langan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar,
tunnellar, ko‘priklar va h.k.).
3. Uzatuvchi uskunalar — bular har xil turdagi energiya,
suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uskunalar.
4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:


76
— energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va
almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-
uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektroge-
neratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);
— ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat
buyumlariga bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar,
presslar, konveerlar va boshqa turli yordamchi asbob-
uskunalar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbob-uskunalari, labora-
toriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar
kiritiladi.
5. Тransport vositalari.
6. Ishlab chiqarish inventarlari.
7. Xo‘jalik inventarlari.
8. Boshqa asosiy fondlar.
Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy
ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi.
Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari
shaklini o‘zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar
(mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o‘lchov
va to‘g‘rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyum-
lariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayo-
nining normal o‘tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab
chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Asosiy
fondlar tarkibini o‘rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi)
masalasiga ham e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi
tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy
qiymatidan nisbatga aytiladi. Asosiy fondlarning strukturasiga
konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish,
kombinatsiyalashtirish, yangi korxonalar qurish va moder-
nizatsiyalashga sarflangan kapital mablag‘larning texnologik


77
tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan
mahsulotning xususiyati va hajmi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa,
shuncha ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan
o‘rni ko‘proq bo‘ladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling