A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-mavzu. ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH 8.1. Resurslar va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish
Nazorat savollari
1. Sanoat ishlab chiqarishini ijtimoiy tashkil etish shaklining tarkibiy qismlari nimadan iborat? 2. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashning mohiyati, mazmuni va shakllari tushunchalarini qanday ifodalaysiz? 3. Kichik korxonalarni konsentratsiyalash va ularning sama- radorligi darajalari qanday aniqlanadi? 52 8-mavzu. ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH 8.1. Resurslar va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgan davrda respublika hududining nisbatan kattaligi, iqtisodiy va tabiiy, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlik insoniyat tarixidagi muhim muam- modir. Zero, jamiyat mavjud ekan, mazkur muammo o‘zi- ning dolzarbligini yo‘qotmaydi. Faqat jamiyat taraqqiyo- tining har bir bosqichida unga bo‘lgan munosabatlar o‘zgarib turadi va murakkablashib boradi. Ushbu hayotiy muammo XXI asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi va iqtisodiy yuksalish ta’sirida yanada chuqurlashib ko‘pchilikning etiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Тabiat va jamiyat bir butun, ya’ni yaxlit tizimning o‘zaro aloqador qismlari va ularni tashkil etuvchi asosiy elementi hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy resurs- lardan foydalanish miqyosining kengayishi va chuqurlashi- shi bilan chambarchas bog‘liqdir. Geografik muhit va tabiiy shart-sharoitlar hamda resurslar — ishlab chiqarishni rivoj- lantirishning muhim omilidir. Zero, ishlab chiqarish faoliyati ma’lum tabiiy shart-sharoitlar mavjud bo‘lganidagina amalga oshadi. 53 Ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy jamiyat hali foydalanilma- yotgan, biroq keyinchalik foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslar potensial resurslar deb ataladi. Resurslar, o‘z navbatida, moddiy texnika resurslaridan iborat bo‘lib, kelib chiqishi va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniga ko‘ra moddiy va moliyaviy resurslarga bo‘linadi. Moddiy-texnika resurslari bilan jamiyatning ta’minlanganlik darajasi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab beradi. Resurs tushunchasining iqtisodiy mohiyatini aniqlash muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy taraqqiyot omillari qatorida ishlab chiqarish resurslari alohida o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish resurslari o‘z mazmuniga ko‘ra ishlab chiqarish kuchlariga nisbatan keng qamrovli tushunchadir. Chunki ishlab chiqarish resurslariga jami aholi, jami tabiat resurslari, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari hamda ishlab chiqarish jara- yoniga jalb qilinmagan, lekin ma’lum vaqtdan keyin jalb etilishi mumkin bo‘lgan potensial mehnat resurslari, tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish vositalari kiradi. Moddiy resurslar negizini tabiiy resurslar tashkil etadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling