A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
7.3. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish (frans. – specialisatian, lotincha specialis – ayrim, maxsus) – ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish xilma-xil mahsulotlarni, ularni ishlab chiqarishning turli bosqichlarini bir-biridan ajralib chiqishi tufayli yangidan- yangi ko‘pgina ishlab chiqarish sohalarining vujudga kelish jarayoni hisoblanadi. Тarixiy taraqqiyot jarayonida qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish va boshqa har xil ishlab chiqarishlar mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan. Bu sohalarning o‘z ichida ham ajralib chiqish sodir bo‘lishi natijasida biror alomatiga ko‘ra bir- biriga yaqin korxonalarni birlashtiruvchi ixtisoslashgan tarmoq vujudga kelgan. Alohida ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar bir xil yoki bir turli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 46 erishganlar hamda maxsus, o‘ziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlar bilan ajralib turgan va turishi mumkin. Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirishning eng birinchi shakli hunarmandchilik bilan birga vujudga keldi. Korxonalarning ixtisoslashuvi — ularda mukammalroq texnika va texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llashni engillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlashtirish jarayonidir. Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj- lanishi bilan belgilanadi. Ixtisoslashtirish, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojalanishiiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zaruriyat bo‘lib qoldi. Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim omil- lari – elektrlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbob-uskunalardan, materiallardan bekam-ko‘st foyda- lanishda, fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qo‘l- lashda, mehnat unumdorigini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlarini tejashda katta samara keltiradi. Korxona bo‘limlarining ixtisoslashuvi — ayrim sexlar, uchastkalar, ish joylarining ayrim mahsulotlar ishlab chi- qarishga va jarayonlarni bajarishga ixtisoslashuvida ifo- dalanadi. 47 Ixtisoslash darajasining asosiy ko‘rsatkichlari quyida- gilardan iborat: — ixtisoslashgan korxonalar ishlab chiqargan mahsu- lotining shu mahsulot turining umumiy hajmidagi salmog‘i; — ishlab chiqarilgan, texnologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan assortimentdagi buyumlarning guruhlari, turlari. Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: — dastgohlar ilg‘or turlarining ushbu korxona yoki sex dastgohlarining umumiy miqdoridagi salmog‘i; — potok liniyalarda o‘rnatilgan dastgohlarning salmog‘i. Masalan, potok usulida ishlab chiqarishda band bo‘lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma asbob-uskunalar qiymatiga nisbati (foiz hisobida); — korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda unifikatsiyalashtirilgan yoki bir shaklga keltirilgan detallar va qismlar salmog‘i. Ixtisoslashgan korxona (firma)lar va ularning bo‘limalari sonining o‘sishi ham ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling