A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Ishlab chiqarishni kombinatsiyalash


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

7.5. Ishlab chiqarishni kombinatsiyalash
Sanoatning har bir tarmog‘ida katta korxonalar bo‘-
laveradi. Lekin ikkinchi tomondan zamonaviy sanoatga
kombinatsiya degan narsa xosdir. Sanoatni kombinatsiya-
lashtirish turli sanoat tarmoqlarining bir korxonada qo‘-
shilishidirki, bu tarmoqlar yo xom ashyoni ketma-ket ishlab
beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho‘yan quyish va
cho‘yanni po‘latga aylantirish, so‘ngra, ehtimol, po‘latdan
turli mahsulotlar ishlab chiqarish) yoki biri ikkinchisiga
nisbatan yordamchi rol o‘ynovchi tarmoqlar (masalan,
chiqindilarni yoki qo‘shimcha mahsulotni ishlash; qadoqlash-
o‘rash buyumlari ishlab chiqarish va h.k.) bo‘ladi.
Kombinat tarkibidagi bo‘limlarning texnik-iqtisodiy
birligi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot miqdori, turlari
na sifati bo‘yicha o‘zaro mosligi ular o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqadorlikni ifoda etadi. Bo‘linmalar o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqadorlik esa turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi
mumkin.
Kombinatning xom ashyo, energetika va transport man-
balari birligi, uning barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarining
umumiy kommunikatsiya (suv, bug‘, gaz, elektr bilan ta’-
minlash) tizimlari birlashganligini, umumiy transport xo‘-
jaligidan foydalanishini, dastlabki xom ashyolarni yoki ishlab
chiqarish chiqindilarini qayta ishlashini, bir-birlarini yarim
fabrikat yoki chala mahsulot bilan ta’minlashini ko‘rsatadi.


50
Kombinatsiyalashtiriladigan korxonalarning hududiy
birligi yagona texnologik tizimini tashkil etuvchi bir-
lashtiriladigan ishlab chiqarishlarning uzviy texnologik
bog‘liqligidan kelib chiqadi. Bu tizimda uzilish bo‘lmasligi
uchun, kombinatning barcha ishlab chiqarish bo‘limlari bir
maydonda joylashtiriladi. Bu kimyoviy-texnologik va termik
ishlab chiqarish jarayonlari (kimyoviy, metallurgiya,
nefteximiya, oziq-ovqat va h.k.) ustun bo‘lgan kombinatsiya-
lashtirilgan korxonalar uchun ayniqsa muhimdir.
Kombinatsiyalash rivojlantirishning asosiy sharti ishlab
chiqarishni yiriklashtirishdir.
Kombinatsiyalash natijasida xom ashyodan, ishlab chi-
qarish chiqindilaridan to‘liq foydalanish imkoniyati yara-
tiladiki, bu esa sanoatning xom ashyo manbaini kengaytiradi.
Kombinatsiyalash sanoat ishlab chiqarishda jarayonlarni
uzluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni
jadallashtirish va natijada ish kuchini tejash, ishlab chiqa-
rishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish
obyektlari uchun kapital xarajatlar, mahsulot va xom ashyoni
uzoqqa tashish, umumzavod xarajatlari qisqaradi, mahsulot
ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, sifati esa
ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to‘laroq qon-
diriladi.
Kombinatsiyalashni quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
— xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket
bosqichlarda qayta ishlash;
— ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asos-
langan holda mahsulot tayyorlash;
— xom ashyoni yalpi qayta ishlash.
Xom ashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan
kombinatlashtirish eng rivojlangan ishlab chiqarish bo‘lib,


51
juda katta xalq xo‘jalik ahamiyatiga egadir. Chunki bu
shaklda xom ashyo, materiallar va chiqindilardan to‘la-
to‘kis foydalanish mumkin bo‘ladi. Kombinatlashtirishning
bunday zarurligi xom ashyo tarkibida turli elementlarning
mavjudligi bilan belgilanadi. Alohida kombinatning
rivojlanish darajasi o‘sha kombinat qamrab olgan tarmoqlar
va ishlab chiqarish pog‘onalarining soni bilan tavsiflanadi.
Shu sababli odatda to‘la-to‘kis va to‘la bo‘lmagan kombi-
natlarni farqlaydilar. Masalan, to‘la-to‘kis to‘qimachilik
kombinati barcha bosqichlar (yigirish, to‘qish va par-
dozlash)ni qamrab oladi. Тo‘la bo‘lmagan to‘qimachilik
kombinati esa o‘z ichiga bir yoki ikki bosqichni oladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatsiyalash yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu shakl metallurgiya, kimyo, to‘qima-
chilik va oziq-ovqat sanoatida keng tarqalgan. Respublikada
bu tarmoqlarga taalluqli juda yirik, dunyo miqyosida tan
olingan kombinatlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular jumlasiga
Navoiy va Olmaliq kon-metalurgiya kombinati va boshqalari
kiradi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling