A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Yirik korxonalar qatoriga ishlovchilar soni 500 va undan
ortiq ishchi va xodimlarni tashkil qiluvchi korxonalarni
kiritish mumkin.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayon-
larining natijasida yangi tashkiliy-huquqiy turdagi — qo‘sh-
ma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa
korxonalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
2.4. Korxona tuzilmasi
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo‘lin-
malari, boshqaruv idoralari va korxona xodimlariga xiz-
mat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo‘ladi. Kor-
xonaning tarkibi, tuzilishi korxona qanchalik yirik bo‘lsa,
uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab
bo‘ladi.
Sanoat korxonalari umumiy va ishlab chiqarish tu-
zilmalariga ega.
Ishlab chiqarish bo‘g‘inlari, korxona boshqaruvi hamda
xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ularning
miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining
soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy
tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi esa asosiy, yordamchi va
xizmat ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshiriluvchi sex va
uchastkalardan iborat. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona
umumiy tuzilmasining bir qismidir. U sex, uchastka va
xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish
bo‘linmalaridan iborat bo‘ladi hamda ularning mahsulot
ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini, mehnat
vositalari, mehnat buyumlari va ishchi kuchi o‘rni muno-
sabatlari ifodalaydi.


17
Asosiy sexlar uning ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab
chiqarish jarayonining asosiy qismi xom ashyo yoki yarim
tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish bos-
qichilari amalga oshiriladi (muzlatkichlar sexi).
Yordamchi sexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-
uskunalar va energiya bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni
ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model sexlari va boshqalar)
vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi sex va xo‘jaliklar tarkibiga korxona-
ning infratuzilmasini (ombor va transport bo‘linmalari, uy-
joy-kommunal xo‘jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil
qiluvchi bo‘linmalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining: tex-
nologik, predmetli va aralash turlari mavjud.
Тexnologik tuzilmali korxonalarda sexlar va ishlab chi-
qarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili
asosida tashkil qilinadi (masalan, to‘qimachilik kombi-
natlarida yigiruv va to‘quv sexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir
sex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab
chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor sexi).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sex-
larini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho‘yan quyish,
po‘lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish
sexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko‘zda
tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri
ostida shakllanadi:
— texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
— ishlab chiqarish hajmi;
— ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisos-
lashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);


18
— ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;
— ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiya-
lashtirish va robotlashtirish darajasi;
— mulk shakli;
— raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammal-
lashtirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Ular
qatoriga korxona va sexlarni yiriklashtirish; alohida korxo-
nalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo‘linmalar
orasida mutanosiblikni ta’minlash; sexsiz tuzilma kabilarni
kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni bosh-
qaruv sifatini ko‘tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yaku-
niy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini
mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon
bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling