A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etishning


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

1.2. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etishning
asosiy muammolari
Jamiyatning umumiy ehtiyoji jamiyatda yashayotgan
kishilarning yakka ehtiyojlaridan iborat ekan umumiy ehtiyojga
aholining soni va tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi 200
yil ichida yer yuzi aholisi deyarli 5 marta ko‘paydi. Bu
ehtiyojga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun ham ehtiyojni
cheksiz deb qarash lozim. Ehtiyojning cheksizligi deganda
uning to‘xtovsiz yangilanib turishi tushuniladi. Bunday jarayon
barcha ijtimoiy-iqtgisodiy tizimlarda mavjud bo‘lgan.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon to shu kungacha faqat
ehtiyojning rivojlanib, cheksizlanib borishi kuzatilgan.
Ehtiyojlar zanjirli reaksiya singari birini ketidan birini
taqozo etadi. Masalan, avtomobilga bo‘lgan ehtiyoj ketidan,
uni saqlashga garaj, texnik qarovdan o‘tkazish, ta’mirlash,
yonilgi bilan ta’minlash, uni boshqarishni o‘rganish kabi
ehtiyojlar kelib chiqadi.
Iqtisodiyot rivojlanishi bilan ehtiyojlar ham o‘sib boradi.
Тinmayin yuksalib boradigan cheksiz ehtiyojlarni qondirish
esa tiriklik alomatidir. Busiz hayotiy zaruriyat qondirilmaydi,
jamiyat rivojlanmaydi.
Ehtiyoj yuksalib borar ekan uni qondirish vositalari ham
rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar rivojlangani holda ularni


9
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari
(tabiiy resurslar, mehnat resurslari, texnika va texnologiya)
cheklangan bo‘ladi.
Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, birining chek-
sizligi, birining chegaralanganligi (kamyobligi) ishlab chi-
qarish imkoniyatlaridan to‘la va samarali foydalanishni talab
qiladi.
Resurslar deganda, faqat pul tushunilmaydi. Resurslarga
yer, suv, yer osti-usti boyliklari, asbob-uskuna, mashina-
mexanizmlar, bino-inshootlar va boshqalar, inson resurslari,
ya’ni mehnat resurslari, ishbilarmon bo‘lish, xo‘jalik
faoliyatini boshqara bilish qobiliyatlari kiradi.
Тo‘xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun
kamyob resurslardan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Binobarin, har doim cheklangan resurslarni tejamli oqilona
ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib kelgan.
Umumiqtisodiy fanlarni, xususan ishlab chiqarishni
tashkil qilish va iqtisodiyot fanini o‘rganishning asosiy vazifasi
ham ana shundadir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling