Nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Madaniyatlararo muloqot nazariyasining Germaniyada shakllanishi


Download 180.97 Kb.
bet5/13
Sana10.02.2023
Hajmi180.97 Kb.
#1187359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Chet tilini o\'rganishda madaniyatlar aro munosabatni shakllantirish

Madaniyatlararo muloqot nazariyasining Germaniyada shakllanishi.
1966 yili Berlinda ilmiy simpozium bo`lib o`tdi. Simpozium tashkilotchilari, fanga yangi yo`nalish madaniyatlararo muloqot kirib kelayotgani, uning amaliy ahamiyati to`g’risida ma’lumot berdilar. Shundan beri Germaniyada madaniyatlararo muloqot yo`nalishi bo`yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Chet til ta`limini mamlakatshunoslik materiallari va madaniyat to`g’risidagi ma`lumotlar bilan bog’lab olib borishga katta e`tibor berila boshlandi (Weber H. Interkulturelle Kommunikation und Landeskunde / Hg.: Landeskunde im Fremdsprachenunterricht. Ders. München, 1979, –S 26).
Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti «Madaniyatlararo germanistika» sohasining maqsad va vazifalari, uning asosiy mazmuni va o`rganadigan asosiy masalalari to`g’risida Bayrot universiteti professori A. Viyrlaxer (A. Wierlacher) shunday yozadi: «Bizning universitet, insonlar o`rtasida sodir bo`ladigan va sehrli «kommunikatsiya» so`zi bilan ataladigan, murakkab jarayonni o`rganadi. Universitet o`z oldiga iqtisodiy globallashuv jarayonida turli madaniyat va tilga mansub sheriklarning hamkorlikda faoliyat olib borishlari, bir zaminda yashashlari, o`zaro fikrlari, tasavvurlari, his-tuyg’ulari bilan o`rtoqlashish, almashish jarayoni, hamda ular o`rtasidagi ijobiy munosabatni o`rganish, ya`ni kommunikantlar o`rtasidagi odatiy bo`lmagan holatni belgilash (Fremdheit) va ularning bir-birlariga nisbatan hushmuomala, muruvvatli va diniy bag’rikeng (Tolerant) bo`lish jihatlarini ilmiy o`rganish, bu muammolar ustida turli tadqiqotlar olib borishni asosiy maqsad qilib qo`ygan. Madaniyatlararo muloqot bir qator fanlardan oziqlanib ish ko`ruvchi fandir. SHular jumlasiga lingvistika, filologiya, pedagogika kiradi. Madaniyatlararo muloqot til vositasida amalga oshadi. Jamiyatda til ko`p funksiyani bajaradi. Shulardan biri munosabat o`rnata olishdir” [184:110].
Germaniyalik tilshunoslar tomonidan madaniyatlararo muloqot doirasida olib borilgan ishlarning ko`p qismini umumnazariy masalalarga bag’ishlangan ishlar tashkil etadi.

Download 180.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling