Nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Madaniyat va til o’qitish-fikrlash doirasini o’zgartirish


Download 180.97 Kb.
bet3/13
Sana10.02.2023
Hajmi180.97 Kb.
#1187359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Chet tilini o\'rganishda madaniyatlar aro munosabatni shakllantirish

Madaniyat va til o’qitish-fikrlash doirasini o’zgartirish.

Til foydalanuvchining muloqot qilish qobiliyati va barcha ijtimoiy kompetensiyalari tomonidan shakllantiriladi, shuning uchun bularning barchasi kommunikativ kompetensiyaning aspektlari sifatida qaralishi mumkin. Umumiy kompetensiyalarga deklarativ bilimlar (zamonaviy texnologiyalarni qo’llay olish mahorati, ijtimoiy madaniy bilimlar va madaniyatlararo xabardorlik), ko‘nikma va nou-xau, amaliy va madaniyatlararo ko‘nikma, ekzistensial kompetensiya va o‘rganish qobiliyati (tilni bilish va muloqotga kirishish, umumiy fonetik tushuncha va ko'nikmalar, o'rganish qobiliyatlari va ijodkorlik qobiliyatlari) kiradi. Kommunikativ til kompetensiyalariga lingvistik kompetensiyalar (leksik, grammatik, semantik, fonologik, orfografik va orfoepik), sotsiolingvistik kompetensiyalar (ijtimoiy munosabatlarning lingvistik belgilari, xushmuomalalik qoidalari, xalq donoligi ifodalari, farqlarni qayd etish, dialekt va urg‘u) va pragmatik kompetensiyalar kiradi2. Xorijiy til o'qituvchilari va tadqiqotchilari yuqorida sanab o'tilgan barcha toifalarda u yoki bu tarzda mavjud bo'lgan boshqa bir kompetensiyaga, ya’ni madaniy qobiliyat mavjudligiga butunlay ishonishadi. Masalan, Bardos Kanal va Sveyn [1980: 23-32] tomonidan ishlab chiqilgan modelga beshinchi kompetensiya sifatida madaniyat tushunchasi qo’shildi. Ularning fikricha, madaniyat boshqa barcha kompetensiyalarda mavjud va uning ajralmas bir qismidir. Xorijiy til o‘rgatish jarayonidagi madaniyat maqomi, ahamiyati va mazmuniga oid yana bir qancha mulohazalar va qarashlar shakllantirilib, bu masalaning qay darajada murakkab ekanligini ko‘rsatadi.Ushbu keltirilgan talqinlar Rivers [1981:78], Biram [1989: 98] va Silay [1993: 67] ga tegishlidir. Riversning so'zlariga ko'ra, “Biz o'quvchilarga dars mazmunini o'zlashtirishga yordam beradigan mos rejaga ham, ijodkorlik qobiliyatiga ham e'tibor qaratishimiz kerak. Jarayonlar o’quvchilarni til muhitidan tashqariga chiqishga undashi kerak, shunda ular so'zlovchilarning madaniyat darajalarini chuqurroq idrok eta boshlaydilar. Bu jarayon hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u o'quvchilarning o’rganilayotgan chet tilida turli xil oldingi tajribasi va malakalarini hamda o'quvchilarning muayyan tilda ona tili sifatida so’zlashishlari yoki munosabatlarini ko’rsatadi. Talabalarning til o’rganish jarayonida har xil darajada bo’lishlari ularning o'rganish uslublari har xil ekanligini anglatadi. Shunday qilib, tillarni o'rganish bo'yicha pedagogikani ishlab chiqishda o'qituvchilar o'rganish uslublari va talabalarning qobiliyatlarini, shuningdek, eng muhimi, til va madaniy xilma-xillikni hisobga olishlari kerak”3. “Chet tilini o'rgatish ta’lim sifatida mening o'quvchi va o'qituvchi sifatidagi tajribamda ham, pedagogik falsafamda ham o'z milliy yashash muhiti va madaniyati chegarasidan xalos bo'lishdir”4. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o’rganilayotgan xorijiy tildan ona tilida so'zlashuvchi sifatida foydalanadigan odamlarning madaniyatini til o'rgatishda e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi.
Bir qancha tilshunos olimlar xorijiy til o’qitish uslublarini til o’rganuvchilarning mahalliy va xalqaro madaniyatga kirishuvchanlik qobiliyatlari bilan birgalikda hisobga olgan holda ushbu jadvalni yaratishadi. Bu orqali nafaqat chet tili o’rganuvchilarining muvaffaqiyatga erishuv jarayonlari, balki foydali maslahatlar ham berib o’tiladi. Quyidagi jadvalda chet tilini o’rganish va o’rganilayotgan til madaniyatiga bevosita aralasha olish to’g’risida amalda sinalgan ma’lumotlar keltiriladi:
Mulohaza o'quvchilarda til va madaniyatning muloqotdagi roli haqida tushunchani rivojlantirishga yordam beradi. Bilimlarni rivojlantirish,o’quv uslublarini yangilash va mulohaza yuritish orqali talabalar madaniyat va til o’rtasidagi tafovutlar va o’xshashliklarni oson anglaydilar. Bu Kramshning “Bugun o'qituvchilar uchun mavzuni qay tarzda o’quvchiga yetkazishni bilish yetarli emas ular qo’shimcha o’quv uslublarini yaratish amaliyotini o'rganishlari kerak”-degan fikriga mos keladi [ 2006: 251] . Ular nafaqat bilimni rivojlantirish va undan foydalanishni o'rganadilar, balki til, madaniyat va undan foydalanish haqida meta-ongni rivojlantiradilar. Bu meta-ong asta-sekin o'z-o'zini, o’z tilini, o’z madaniyatini anglashga aylanadi5. Talabalar o’quv dasturi davomida ijtimoiy aloqa o’rnatishlari va ta'lim maqsadlarini tushunishlari kerak va bu ma'nolar har doim talqin qilish uchun zarurdir. O’quvchilar mavzu haqida berilgan sharh bilan birga keladigan mulohaza, talqinlar, taxminlar, istiqbollar, pozitsiyalar xilma-xilligini o'rganadilar. Bu muloqotda almashinadigan narsa nafaqat faktik bilimlar, mavzular va g'oyalar, balki tajriba almashishda ishtirok etayotganlarning barchasining tajribasi, ijodkorona fikrlari va dunyoqarashini o'z ichiga oladi6.

    1. Madaniyatlararo muloqot” atamasining lingvodidaktik talqini

Xorij mamlakatlari bilan mustahkam aloqa o`rnatish, birinchi navbatda, o`sha yurtlar aholisining tili va madaniyatini bilishni taqozo etadi. Chet til(lar)ni jumladan, nemis tilini puxta egallagan raqobatbardosh mutaxassislargina murakkab va manfaatli yumushlarni uddalay oladilar.
Bugungi kunga kelib, nemis tili o`qitish metodikasidagi yangi o`zgarishlar natijasida xorijiy tilni, tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati to`g’risidagi ma`lumotlarni o`rgatish/o`rganish orqali egallashga e`tibor kuchaydi. O’tgan asrning 50-80 yillariga kelib chet til o’qitish metodikasida turli yangi atamalar paydo bo’ldi. Jumladan “chet til o’qitish” atamasi bilan birga “chet tilni muloqot vositasi sifatida o’rgatish” yoki “chet tilda gapirishni o’rgatish”, “chet til darslarida madaniyatlararo muloqotga o’rgatish” atamalari qo’llana boshlandi [Devidson D., Mitrafanova O.D., 1990]. Bu to`g’risida ko`plab ilmiy maqolalar, nomzodlik (L.Ilieva-2006, A.Isaqov-2008, SH.Ubaydullaev-2009 va b.) va doktorlik (D.Xoshimova-2008, G.Mahkamova-2011) ishlari ham olib borildi. Ularning ko`pida bu atamaga turli qarashlar mavjudligi to`g’risida fikr yuritiladi. Jumladan, Germaniyada uni sprachbezogene Landeskunde ya`ni tilga yo`naltirilgan mamlakatshunoslik, Fransiyada esa language at civilisation - til va sivilizatsiya, Amerikada cultural literacy va crosscultural communication atamalari bilan qo`llay boshladilar [42; 121; 156; 158]. Shu bilan birga, nemis tilida gaplashuvchi mamlakatlar chet til o`qitish metodikasida keng qo`llanadigan Landeskunde atamasi bilan sinonim tarzda Kulturkunde, Voelkerkunde, Realienkunde atamalari qo`llanib kelinganligi ham yoritib o`tiladi.
Endi chet til o`qtish metodikasida keng qo`llanayotgan “Chet til”, «Mamlakatshunoslik», «Lingvomamlakatshunoslik», “Lingvokulturologiya”, “Madaniyatlararo muloqot” kabi atamalar to`g’risida batafsil fikr yuritsak.
Chet til o`qitish metodikasi nazariyasi va amaliyotida qo`llanadigan atamalarning nomlanishida har xil jumboqlar mavjudki, ularni tartibga solish to`g’risida ko`plab ilmiy maqolalar chop etilgan. Masalan, J. Jalolovning “Lingvodidaktikaning zamonaviy konseptual yangilanish bosqichi xususida”gi maqolasi, S. Saydaliyevning “Madaniyatlararo muloqot” atamasiga bag’ishlangan maqolasi shular jumlasidandir. Ma`lumki, xorijiy til o`quv predmeti o`zbek tilida rasman ikki xil aytilib/yozilib keladi: “chet til va chet tili(?)”. Ulardan birinchisi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tasdiqlagan nazariy kurs (Jalolov J.J. Chet til o`qitish metodikasi: Chet tillar oliy o`quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. - Toshkent: O`qituvchi, 1996. - 368 b.)da qabul qilingan.
“Chet til” deganda, kimning tili emas, balki qanday til haqida gap boradi: chet el, chet o`lka, chet mamlakat, chet joy, chet jism kabi so`z birikmalarida bo`lganidek, chet so`zi o`zga, boshqa, begona, yot, xorijiy, ajnabiy ma`nolarini ifodalab keladi (Qarang: O`zbek tilining izohli lug’ati. - Moskva: Rus tili, 1981. -T. II. - B. 364; Begmatov E. A. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. - Toshkent: Fan, 1985. - B. 104 va b.). Akademik manba-izohli lug’atda qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan va hukumat tashkiloti (vazirlik) tavsiya etgan darsliklarda o`z tasdig’ini topgan, o`zbek tili fanining yirik arboblari (akademik Alibek Rustamiy, professor Nizomiddin Mahmudov va b.)ning sinchkov nazaridan o`tgan chet til atamasi to`g’ri ishlatilishi shart, deb o`ylaymiz.
Yana bir qator misollarga murojaat qilishga to`g’ri keladi: ko`nikma, malaka, idrok, o`quv materiali, talaffuz, o`qish/o`qilish/o`qitish, yozuv/yozish/yozma, o`zlashtirish va egallash, nutqiy vaziyat va simulyatsiya, ixtisos va kasb, o`qish turlari, lug’at/vokabulyar/leksika, lisoniy mikrobirliklar, tinglash/eshitish, gap/jumla, interferentsiya va transpozitsiya (fatsilitatsiya), qiyinchilik va xato kabi lingvodidaktik atamalarni ko`pchilik metodistlarimiz, afsuski, chalkashtirishmoqda. Ularning har biri til o`qitish ilmida o`ziga xos tushunchalarni ifodalaydi. Har qanday ilmiy sohani egallashga uning muayyan terminologik apparatini, boshqacha aytganda, tushunchalar majmuini puxta o`zlashtirish orqali erishiladi. Aks holda yetuk mutaxassis bo`lish amrimaholdir.
Ilmiy adabiyotlarda «Mamlakatshunoslik» tushunchasi qo`llanganda - tili o`rganilayotgan mamlakatning tarixi, geografik o`rni, iqtisodi va boshqa sohalar to`g’risida ma`lumotlar bilan tanishtirish deb e`tirof etiladi. Mamlakatshunoslik ekstralingvistik axborotlarni tahlil qilishga qaratilgan bo`lib, til faktlarini o`zida to`liq qamrab oladi.
«Lingvomamlakatshunoslik» esa – chet til yordamida o`quvchilarga tili o`rganilayotgan mamlakat(lar)ning milliy tili va madaniyatini o`rgatish va ularni tabiiy muloqotga tayyorlash orqali axborot almashish malakalarini rivojlantirish sifatida qo`llanadi. Uning mamlakatshunoslikdan farqi shundaki, lingvomamlakatshunoslik bir tomondan tili o`rganilayotgan mamlakatning nafaqat tarixi, davlat tuzilishi, shu bilan birga milliy-madaniyati haqidagi axborotlarni bersa, ikkinchi tomondan matnlarni o`qish jarayonida tildagi milliy o`ziga xos so`z (realiya)lar, ya`ni muqobilsiz til birliklari, frazeologiya, aforistikani tarjima qila olish, nutq madaniyatidan nutqiy muloqotda foydalanishga o`rgatadi [40; 42].
Lingvomamlakatshunoslikning obyekti til va nutq birliklaridan tashkil topadi. Ma`lumki, E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarov, G. D. Tomaxin, Y. N. Karaulov, V. V. Vorobyov, A. Vejbitskaya, S. G. Ter-Minasova olib borgan tadqiqotlarda til va madaniyat muammolari masalasi tadqiq qilinadi.
Lingvomadaniyatshunoslik muommolariga doir ilmiy ishlar tahlili natijasida u, madaniyat, millat, milliy madaniyat, til, milliy til, mentalitet tushunchalari bilan mazmunan bog’liqliligini guvohi bo`lamiz.
Lingvokulturologiya – lingvistika va madaniyatshunoslik o`rtasida vujudga kelgan yangi mustaqil fan. U xalqlar madaniyatining vujudga kelish tarixi va uning tilda aks etish jihatlarini o`rganadi. Lingvokulturologiyaning rivojlanish davrini ikkiga bo`lish mumkin: birinchi davr: fanning vujudga kelish davri. Bu asosan V. Gumboldt, Y. Grimm, A. A. Potebnya, E. Sepir ishlarida o`z aksini topgan. Ikkinchi davr: lingvokulturologiyaning mustaqil fan deb tan olinishidir. (“Lingvokulturologiya” atamasi birinchi bor V. V. Vorobyov, V. N. Teliya va V. A. Maslova ishlarida qayd etilgan).
O`tgan asrning 70 yillariga kelib amerikalik olim E. Xoll “Madaniyatlararo muloqot”, “Ko`pmadaniyatlilik” tushunchalarini birinchi bo`lib fanga olib kirdi desak mubolag’a qilmaymiz. Uning “Muloqot – bu madaniyatdir, madaniyat – esa muloqotdir” degan shiori muloqot va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqani belgilab berdi. “Madaniyatlararo muloqot” atamasi hozirgi kunga kelib ommaviylashib ketdi, shu bois bu atamaning pedagogik, psixologik, didaktik adabiyotlarda ko`p uchraydigan, qo`llaniladigan atamaga aylanib bormoqda. «Madaniyatlararo muloqot» tushunchasi zamiridagi ma`no biroz o`zgarishi, bir-biridan qo`llanish jihatidan farq qilishi mumkin. Ta`limshunoslik (Lingvodidaktika) sohasida ham «madaniyatlararo muloqot» tushunchasi o`z xususiyati va o`rniga egadir.
Madaniyatlalaro muloqot (nem. Interkulturelle Kommunikation, ing. Culturell communikation, rus. Mejkul’turnaya kommunikatsiya) tushunchasini ilmiy jihatdan to`g’ri tasavvur etish uchun «Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti» [179:105;184:33] deb atalib kelinayotgan yangi sohaning lingvistika, filologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika, psixologiya, sotsio-, psixo-, etnolingvistika fanlari bilan aloqasini o`rganish va ular qatorida tutilgan mavqeyini aniqlash muhim sanaladi. Madaniyatlararo muloqot atamasini yoritish uchun kommunikativ metodgacha bo`lgan davrni tahlil qilamiz.




    1. Download 180.97 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling