Nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Download 180.97 Kb.
bet1/13
Sana10.02.2023
Hajmi180.97 Kb.
#1187359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Chet tilini o\'rganishda madaniyatlar aro munosabatni shakllantirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
ROMAN-GERMAN FAKULTETI

NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI



KURS ISHI



MAVZU: CHET TILI O`QITISHDA MADANIYATLAR ARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH


Talaba: Muxtorova S.


O’qituvchi: Azimkulova G.


SAMARQAND-2023
CHET TILI O`QITISHDA MADANIYATLAR ARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH
Mundarija:


KIRISH……………………………………………………………………………3
ASOSIY QISM
I BOB. NEMIS TILI O’QITISHDA TIL VA MADANIYAT O’RTASIDAGI ALOQALAR……………………………………………………………………....5

    1. Til va madaniyat o’rtasidagi aloqalar………………………………………5

    1. Madaniyat va til o’qitish-fikrlash doirasini o’zgartirish……………………7

    2. Madaniyatlararo muloqot atamasining lingvodidaktik talqini………………9

    3. Madaniyatlararo muloqot atamasining vujudga kelish va rivojlanish tarixi..13

Bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………….19

II BOB. NEMIS TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI O`RGATISH TEXNOLOGIYASI…………………………..20
2.1. Nemis tili mashg’ulotlarida mashqlar orqali madaniyatlararo muloqotni shakllantirish...........................................................................................................20
2.2. Mamlakatshunoslikka oid matnlar asosida til o`rganuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash..............................................................................................28
Bob bo’yicha xulosalar…………………………………………………..………37

XULOSA…………………………………………………………………...…….38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….40

KIRISH
Birinchi prezident I. Karimov tomonidan 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi PQ – 1875 – sonli qarorining qabul qilinishi yurtimizda chet tillarini o`rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasida chet tillarini o`rganib, o`z bilimlarini chet ellarda mustahkamlab qaytmoqdalar.
Prezidentimiz I. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bu haqda shunday fikr bildirganlar: “Milliy g`oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi tamoyillarning ma’no – mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy – ma’rifiy, ta’lim – tarbiya sohalarining markaziga qo`yish, ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodlarimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”1
O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarining jadal rivojlanishi mamlakatimizda va jahon hamjamiyatida ta’lim sohasida davlatlararo integratsiyasi butun ta’lim tizimi va o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashni o’zgartirishni talab etdi.
“Zamonaviy shart – sharoitlar xalq ta’limi tizimini uning barcha pog’onalarini bir kompleks sifatida ko’rishni talab etib umumiy va maxsus ta’lim, professional tayyorgarlik, yoshlarni shaxs sifatida ruhan va axloqan yetilishini ta’minlash kerak.
Buning uchun umumta’lim maktabi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimini muhim tarzda mustahkamlash, o’quv dasturlarini yangilash, ularni jahon madaniyati xazinalari bilan boyitish kerak”.
Shuning uchun hozirgi kunda til ta’limi jarayonida til va madaniyat, jamiyat rivojlanishida til va madaniyatning bir butun roli, to’liq shaxslararo va madaniyatlararo muloqot malakalarini tashkil etish kabi muammolar faollashtirilmoqda.
Muloqot madaniyati bugungi kunda global ahamiyat kasb etadi, zero alohida insonlar hamda butun xalq va davlatlar orasidagi munosabatlar, bir-birini tushunish va o’zaro ta’siri shunga asoslanadi.
Aytilganlardan, hozirgi davr miqyosida O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi tarkibini rivojlantirish muhimligi ko’rinadi, ayniqsa texnogen sivilizatsiyadan antropogen sivilizatsiyaga o’tishni, ta’limni gumanizatsiya va gumanitarizatsiyasi, milliy hamda umuminsoniy dunyo madaniyati yutuqlarini egallashni hisobga olgan holda, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi shunga qaratilgan.
Bu esa o’z navbatida yosh kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangiliklarni kiritishni talab qiladi.
Aytilganlar to’la ravishda o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji guruhlarida nemis tilini o’rgatish metodikasiga taalluqlidir. Bu yerda biz ikkita asosiy muammoni ko’zda tutamiz. Birinchi muammo shundan iboratki, madaniyatlararo muloqot jarayoniga turli darajada ta’sir etadigan to’siqlardan biri muloqotdagi madaniyatlarning o’ziga xos milliy xususiyatlari bo’lib, bu nemis tili va adabiyotini o’rganishda o’zbek o’quvchi va talabalarga jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi, bu esa albatta kerakli lingvistik va lingvodidaktik izlanishlar o’tkazishni talab etadi.
Ikkinchi muammo shundan iboratki, til ta’limi amaliyotiga yangi pedagogik texnologiyalar va ta’lim vositalarini olib kirish davr talabiga aylanib bormoqda. Chunki, bugungi kunda til ta’limi jarayonida qo’llanilayotgan ta’lim texnologiyalarining ko’p qismi va til materiallari (fonetika, grammatika, leksika) o’quvchilarning madaniy tasarrufini shakllantirish uchun kerakli mamlakatshunos-likka oid matnlardan foydalanishni taqozo etmoqda.
Madaniyatlararo muloqot polifunktsional jarayonida eng muhim komponenti bu tildir, chunki “xalqning tili uning ruhidir, va xalqning ruhi bu tildir va bundan yuksakroq tenglikni tasavvur etish qiyindir”. Shu boisdan chet til ta’limida realiyalarni o’rgatish va bu orqali til o’rganuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash bitiruv ishimizning dolzarbligini isbotlaydi.



Download 180.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling