Nemis tili va adabiyoti kafedrasi


II BOB. NEMIS TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO


Download 180.97 Kb.
bet7/13
Sana10.02.2023
Hajmi180.97 Kb.
#1187359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Chet tilini o\'rganishda madaniyatlar aro munosabatni shakllantirish

II BOB. NEMIS TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO
MULOQOTNI O`RGATISHGA YO`NALTIRILGAN
MASHQLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
2.1. Nemis tili mashg’ulotlarida mashqlar orqali madaniyatlararo
muloqotni shakllantirish
Ma`lumki, bilish – obyektiv borliqning inson ongida aks etadigan murakkab va faol jarayon ekanligi fanda nazariy va amaliy jihatdan o`z isbotini topgan.
Bilim sezishdan boshlanadi va kishilar tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyot mobaynida to`plagan tajribalari orqali boyib boradi.
Bilish asosida ko`nikma va malaka hosil bo`ladi. Ma`lumki, mamlakatimiz hududida ta`lim oladigan o`quvchi va talabalar asosan uch tilni o`rganadilar. Bu tillar ta`lim nazariyasida ona tili, ikkinchi til va xorijiy til kabi maxsus nomlar bilan yuritiladi. Uch tilni o`rganish jarayonida o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni egallaydilar.
Madaniyatlararo muloqotni o`rgatishga yo`naltirilgan mashqlar tipologiyasi. Bizga chet til o`qitish metodikasi kursidan ma`lumki, har bir nemis tili darsi madaniyatlararo muloqot sifatida olib boriladi. Nemis tili darsining asosiy vazifalari til o`rganuvchilarning madaniyatlararo muloqot omikorligini oshirishga qaratilgan bo`lishi lozim. O`quvchilarni madaniyatlararo muloqotga o`rgatish uchun esa chet til o`qituvchisidan o`z novbatida til o`rganuvchilarning yoshiga va qiziqishiga mos tarzda mashqlarni tanlash va taqdim etish talab etiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarning chet tildan egalagan bilim, ko`nikma va malakalarini takomillashtirish bilan birga ularning kommunikativ kompetentsiyalarini shakllantirishga yo`naltirilmog’i lozim. Bu esa ularning tili o`rganilayotgan mamlakatlar vakillari bilan muloqot olib borganda vaziyatlardan to`g’ri foydalanish, erkin muloqot qila olish imkoniyatlarini yaratadi. O`qituvchi shunday mavzularni tanlashi kerakki, ularda o`quvchilarni diniy bag’rikenglik, boshqa millat vakili suhbatlashganda uning madaniyatini hurmat qilish va umumiy xulosalarga tez kelish to`g’risidagi fikrlar bo`lishi talab etiladi. Bunday matnlarni o`qib o`rgangan o`quvchilar tili o`rganilayotgan mamlakatlar vakillari bilan muloqot o`rnatganda ularning fikrlarini to`g’ri va tez tushunadigan, kerakli xulosalarni chiqaradigan bo`lib tarbiyalanadilar. Mashqlarning bir qismi kognitiv (onglilik) tamoyillariga qaratilmog’i taqozo etiladi. CHunki, bu o`quvchilarining chet til darslarida egallagan lingvokulturologik va ijtimoiymadaniy bilimlari, o`z madaniyatini bilishi, o`ylab, to`g’ri fikr yuritib muloqot olib borish natijasida tili o`rganilayotgan mamlakat vakilida mamlakatimiz va madaniyatimiz to`g’risida ijobiy taasurot qoldirishiga xizmat qiladi. CHet til darslarida tili o`rganilayotgan mamlakatlar madaniyati tarixi va milliy madaniyatni solishtirib dars o`tish to`g’risida nemis olimlari Xoyserman va Pipo (1996) ilmiy tadqiqotlar olib borib, mashqlar quyidagi turlarga bo`ladilar va mashg’ulotlarda ulardan foydalanishni tavsiya qiladilar:
- tinglab tushunish va idrok etishga qaratilgan mashqlar;
- tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati va milliy madaniyatlarning o`ziga xos tomonlarini solishtirishga qaratilgan mashqlar;
- madaniyatlararo muloqot jarayonida turli vaziyatga oid mavzularda suhbatlasha olishga o`rgatish mashqlari. YUqorida keltirilgan mashqlarning barchasi til o`rganuvchilarning kommunikativ kompetentsiyalarini shakllantirishga qaratilgan mashqlar hisoblangan.
Ma`lumki, chet tillarni o`rgatish jarayoni mashqlar bajarishdan tashkil topadi. Mashq tarkibiga til materiali, mavzu, matn, til texnikasi, til qoidalari kiradi. Mashqning talabi va materiali mavjud. Talab yuz foiz mashqda berilsa, material esa ochiq va hufiya ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Har bir mashqning dinamika (harakat) va statika (holat) taraflari mavjud. Chet til mashg’ulotlarida mashqlar bajarish uning harakat bilan bog’liq tomoni bo`lsa, darslikda o`quv materiali sifatida tashkil etilishi statika tomoni hisoblanadi.
Statikadagi mashq chet til darsliklarida muayyan raqam yoki harf bilan maxsus ajratib ko`rsatilgan, ikki qismdan tashkil topgan va dars tarkibini tashkil etadigan o`quv-metodik kategoriya sifatida e`tirof etiladi. Darslikda mavjud matn, jumla, so`z va undagi harflarni o`quvchi talaffuz etishi, og’zaki nutqda qo`llashi mashq materiali bo`lsa, mashqlarga qo`yiladigan talab uning sarlavhasida “matnni o`qing va tarjima qiling”, “nuqtalar o`rniga qavs ichidagi fe`llardan mosini qo`ying” va h.k. kabi jumlalar ko`rinishida namoyon bo`ladi. Mashqning bu ko`rinishi darslik mualifining ijod mahsulidir.

Download 180.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling