Nemis va fransuz tillari kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Filologiya fakulteti dekani
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
nemis va ozbek tillaridagi fellarda modallik muammolari
1.2.Modallikning ifoda vositalari .
N.Yu.Shvedovaning fikricha, modallik vositalariga mayl, gapning alohida konstruksiyalari, intonatsiya, so'z tarkibi, takror, yuklama, undov, kirish (modal) so'zlar va gaplar mansubdir. Turkiy tillar materiallari asosida, asosan, quyidagi modallik vositalari ajratiladi: mayl, zamon va shaxs qo'shimchalari, gapning alohida qurilmalari, yuklamalar, so'z tartibi, intonatsiya, yuklama vazifasidagi so'roq olmoshlari, undalmalar, kirish so'z va gaplar. Ko'rinib turibdiki, bu kategoriya ostida xilma-xil vositalar: morfologik (mayl, zamon, shaxs affikslari), leksik (so'zlarning turli guruhlari), sintaktik (alohida gap qurilmalari, so'z tartibi, takror va fonetik vositalar (intonatsiya) kiritiladi. Bir kategoriya ostiga bunday xilma-xil vositalarning birlashtirilishi tilshunoslar o'rtasida, tabiiy ravishda, ayrim e'tirozlarning tug'ilishiga sababchi bo'ldi. Shuning uchun ham bu vositalarni birlashtiradigan bir umumiy belgi topishga harakat qilinadi. Bu vositalarning hammasi o'z funksiyasini gap ichida (gap sathida) ko'rsatadi. Ana shu belgi, ya'ni sintaktik belgisi yuqoridagi vositalarni birlashtirishga ma'lum darajada asos bo'ldi. Shunga ko'ra modallik vositalarini ham: 1) konstruktiv-sintaktik; 2) morfologik- sintaktik; 3) intonatsion-sintaktik guruhlarga ajratish mumkin . Barcha modal ma'nodagi vositalarga sintaktik maqom berilishi bu vositalarning tuzilishi umumiyligini ko'rsatish uchun asos bo'ladigandek tuyuladi. Ammo, ma'lum bir o'rinda birlashtirishga asos bo'lsa" bu sintaktik belgisi modal vositalar farqlanishida o'z quvvatini yo'qotadi . Modallikni ifodalovchi vositalarni nutqda o‘z o‘rnida qo‘llash nuqtning jozibadorligini va tasirchanligini oshirgan holda tinglovchi va o‘quvchining muallifga nisbatan e‘tiborini kuchaytiradi. Dialogik nutqdagi subyektiv modallikni reallashtirishda fonetik, morfologik, sintaktik va leksik vositalar muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, subyektiv modallikning yuzaga chiqishida iboralar ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Modallik kategoriyasi funksional-semantik kategoriya va
uni kommunikatsiya (nutqiy aloqa) orqali tahlil qilish o‘ta muhim hisoblanadi. 14
Fonetik vositalar. Dialogik nutq, subyektiv modallikning barcha jihatlarini keng va atroflicha qamrab oladi. Subyektiv modallik, birinchi galda, har bir tilning tovushlar sistemasida namoyon bo‘ladi. Uning voqe bo‘lishida unli va undosh tovushlarning faoliyati muhim hisoblanadi. Dialogik nutqdagi subyektiv modallikning fonetik usul bilan ifodalanishida intonatsiya tarkibiy qismlari, ya‘ni pauza, melodika, urg‘u muhim o‘rin egallaydi. Dialogik nutqqa oid materiallarni kuzatishlar natijasida subyektiv modallikning fonetik vositalar asosida ro‘yobga chiqarilishi o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi ma‘lum bo'ldi. Uning ifoda vositalari quyidagilardan iborat:
14
1. Unlilarning cho’ziq talaffuz qilinishi. Bu vosita so‘zlashuv nutqida dialektal hamda adabiy shakllarida keng qo‘llanadi. Personaj nutqining munosabatini bo‘rttirish vositasi hisoblanib, subyektiv modallikning milliy, o‘ziga xos qirralarini ochish uchun xizmat qiladi. Dialogik nutqda unlilarning cho‘ziq talaffuz qilinishi turli modal ma‘nolarni ifodalaydi. 2.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling