Nemis va fransuz tillari kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Filologiya fakulteti dekani
Bitiruv malakaviy ishining manbalari
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
nemis va ozbek tillaridagi fellarda modallik muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari va usullari.
Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Bitiruv malakaviy ishida asosiy
manba nemis yozuvchilarining badiiy asarlaridan olingan misollar bo‘lib, tahlil jarayonida nemis yozuvchilari Elke Haydenrayx, Bernd Shro‘der, Gyunter de Broyn, Shtefan Svayg, shuningdek nemis adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Lessinglarning asarlari va ularning o‘zbek tiliga qilingan tarjimalaridan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari va usullari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ―Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖, ―Yuksak ma'naviyat—yengilmas kuch‖ va boshqa asrlarida ilm - fanni rivojlantirish, uning dolzarb muammolarini ilmiy tahlil etish to‘g‘risida aytgan ijtimoiy va falsafiy fikrlari bitiruv malakaviy ishi uchun metodologik asos qilib olindi. Shuningdek, V.V.Vinogradov, V.G.Gak, A.V. Bondarko, J.A. Yakubov va O‘. P. Lafasovlarning ilmiy - nazariy fikr va g‘oyalariga asoslanildi. Mavzuni yoritishda distributiv, mantiqiy-semantik, qiyosiy lingvistik, analiz va sintez, strukturaviy-semantik va funksional tahlil usullaridan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ish yangiligi. Nemis va o‘zbek tillari dialogik nutqidagi subyektiv modallik ilk marotaba qiyosiy o‘rganildi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ilmiy izlanishlarning natijasida mavzu yuzasidan chuqur bilim va ko‘nikmalar hosil 7 qilindi. Ilmiy ishning nazariy ahamiyati shundaki, undan modallik kategoriyasining tilda tutgan o'rnini yoritish maqsadida nazariy grammatika bo'yicha maxsus kurslarda: « Tilda modallik kategoriyasining munosabati», «Sodda va qo'shma gaplarning modallik xususiyatlari», « Hozirgi zamon nemis va o'zbek tillarida modal fe'llarning qo'llanishi», «Gapda modallik munosabatlari», «Nemis va o'zbek tillarida reallik, istak, mumkinlik va zaruriyat kategoriyalarini ng qo'llanish yo'llari», «Tilshunoslikda morfologik, leksik, sintaktik vositalar xususiyatlari» kabi mavzularni yoritishda foydalanish mumkin. Amaliy ahamiyati esa ushbu mavzular asosida iki tildagi modal vositalarni qiyoslab o‘rganish va ularni dialogik nutqda qo‘llash uchun o‘quv jarayonida (qiyosiy tipologiya va grammatika darslarida) foydalanish, ma‘ruzalar o‘qish mumkin. Shuningdek, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari yozishda hamda tarjima jarayonlarida foydalanish mumkin.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling