Nemis va fransuz tillari kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Filologiya fakulteti dekani
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
nemis va ozbek tillaridagi fellarda modallik muammolari
Olmoq, bo'lmoq ko'makchi fe'llari orqali ifodalanadi. Mas: Bu niyatni amalga
oshirsa bo'ladi (oshirib bo'ladi). U institutda o'qiy oladi va boshq.; 3) zarurlik, majburlik. Modallikning bu ma'nosi kerak, lozim, darkor, zarur singari so'zlar orqali ifodalanadi. Mas: Men o'qishim kerak; 4) xohish-istak. Bu ma'no maxsus 32
modal fe'llar orqali (xohlamoq, istamoq va boshq.) ifodalanadi. Mas: Men o'qishni istayman. Yuqorida sanab o'tilgan barcha modallik turlari obyektiv modallikka oid bo'lib, diktumga, V.3.Panfilov konsepsiyasiga ko'ra esa propozitsional funksiya sathiga oiddir. Subyektiv modallik gapda ifodalangan obyektiv mazmunga so'zlovchining munosabatini ifodalaydi va modusga (V.3.Panfilov konsepsiyasiga ko'ra logik-grammatik sathga) kiradi. Subyektiv modallik kirish so'z funksiyasida kelgan maxsus modal yoki modal vazifasidagi boshqa so'zlar yordamida ifodalanadi. Subyektiv modallik orqali, o'z navbatida so'zlovchining o'z fikriga turli munosabatlari namoyon bo'ladi: ishonch (albatta, kelaman), tasdiq (to'g'ri, kelaman), gumon (ehtimol, kelarman), achinish (afsus, kelaman) va boshq. Subyektiv modallik fakultativ xarakterga egadir.
Shunday qilib, sintaktik modallik gapni shakllantirishdagi o'rni va subyektning gap mazmunidagi munosabat darajasiga qarab, ikki guruhga -obyektiv va subyektiv modallikka bo'linadi. Obyektiv modallik. gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan biri, asosiy belgi hisoblansa, subyektiv modallik obyektiv modallik ustiga qo'yilgan qo'shimcha modallikdir. Shuning uchun ham u gapning asosiy belgisi emas. Ko'rinib turibdiki, so'zlovchining kommunikativ niyati, uning gap mazmuniga emotsional munosabati va subyektiv modallik garchi gapning aktuallashtiruvchi qismlari bo'lsa ham, ularning tabiati va gap tuzilishidagi asosiy roli shunchalik xilma-xilki, ularni faqat grammatik planda "turli sathlilik", semantik planda so'zlovchining "munosabatini ifodalash" belgisi ostida birlashtirish mumkin xolos. Agar propozitiv (nominativ) va modal aspektlar gapning in'ikos etish semantikasini, uning denotativ va signifikativ mazmunini aks ettirsa, kommunikativ plan, birinchidan, so'zlovchining kommunikativ niyatini, ya'ni shu gapdan ifodalangan obyektiv mazmun elementlarining ahamiyatlilik darajasini belgilashni (aktual bo'laklarga ajratish) hamda darak, so'roq, buyruq ifodalanishini, ikkinchidan presuppozitsiya axborotini o'z ichiga oladi . Shunday qilib, til birligi sifatida gap semantikasiga faqat nominativ plan - propozitsiya plani oiddir.
33
Kommunikativ plan esa jumla semantikasining, demak ya‘ni, nutq semantikasining predmetidir . Aktual tuzilishi. Har qanday sintaktik qurilma gap bo'lishi uchun ma'lum propozitsiyani ifodalashdan tashqari kommunikativ maqsadni ham ifoda etishi kerak. Masalan,
ifodalanishidan tashqari, so'zlovchining kommunikativ niyati ham ifodalangan. Bu o'rinda so'zlovchining niyati Peterning harakati haqida ma'lumot berishdir. Shuning uchun ham Was hat Peter gemacht? so'rog'iga javob bo'ladi. Klavier hat Peter gespielt jumlasida esa so'zlovchining kommunikativ niyati kimning ketganligi haqida ma'lumot berishdir. Wer hat Klavier gespielt? so'rog'iga javob bo'ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling