3-Bob. Nemis tili dialogik nutqida modallikni ifodalash usullari va
uning o’zbek tiliga berilish imkoniyatlari.
Dialogik nutqda asosan subyektiv modallik ifodalanadi. Zero, yuqorida
ta‘kidlab o‘tganimizdek, subyektiv modallik deganda so‘zlovchining xabar
qilinayotgan hodisaga munosabatini tushunamiz. Bu esa o‘z aksini yaqqol
dialoglarda topadi. Boshqa modallik singari subyektiv modallik ham, eng avvalo,
aniq voqea-hodisalarga emotsional ifoda, reaksiyani imkon qadar ko‘rsatib
beruvchi, semantika va leksemaning leksik birliklari, ya‘ni leksik vositalar
yordamida ifodalanadi. Bunday birliklarning qamrovi juda keng bo‘lib, har bir
talabaga tanish bo‘lishi kerak. Modallik semantik kategoriyasini olimlarning
nazariy qarashlariga asoslanib bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
•
Gapning kommunikativ funksiyasiga ko‘ra: darak, so ’roq, buyruq.
•
So‘zlovchining gap mazmunini baholashiga ko‘ra: real va noreal.
•
Voqelikning subyekt yordamida ifodalanishiga ko‘ra: ehtimollik,
zaruriyat, xohish-istak.
•
Voqelikka qaratilgan munosabatga yondashuvga ko‘ra: tasdiq va
inkor.
•
So‘zlovchining voqelikka ishonchlilik darajasiga ko‘ra: ishonch,
ikkilanish, ishonchsizlik.
•
So‘zlovchining his-tuyg‘u va sifat fazilatlarining ifodalanishiga ko‘ra:
quvonch, qayg’u, hayrat, havotir, uyat, qo’rqinch, achinish, qiziqish.
•
Konnotativ modal ma‘nolarni ifodalashiga ko‘ra: sevish, erkalash,
hurmat, kichraytirish, kamsitish.
•
Subyektning reaksiyasiga ko‘ra: tanbeh, talab, ruhsat (ijozat), taklif
(maslahat), mamnuniyat..
Dialogik nutqdagi yuqorida keltirilgan modal ma‘nolarni biz faqatgina faktik
til materiali zaminida turli tillarda qo‘llanishi va ifodalanishini kuzatishimiz
mumkin. Bizning holatda bu aynan nemis va o‘zbek tillaridagi modallik
kategoriyasining qiyosiy tahlilida namoyon bo‘ladi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |