Nemis va fransuz tillari kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Filologiya fakulteti dekani
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
nemis va ozbek tillaridagi fellarda modallik muammolari
ku ta‘kid yuklamasini qo‘shish orqali tarjima qilingan.
13.
Warum soll nicht mal ein reicher. Birorta boyga ilakishsa nima bo‘pti?... Sollen modal fe‘liga nicht inkor yuklamasi qo‘shilganda, kuchli e‘tirozni ifodalab keladi. O‘zbek tiliga nima bo ’pti birikmasi yordamida tarjima qilingan. 58
14. Du
kannst gern fahren, keiner hindert dich. Yo‘q, nega, sen borishing mumkin. Nemis tilidagi kein inkor so‘zini tarjimada yo ’q nega so‘zlari orqali berilgan. Bizning fikrimizga ko‘ra: Sen boraverishing mumkin, hech kim to’sqinlik qilmaydi tarzida berilsa to‘g‘ri tarjima bo‘lgan bo‘lardi. 3.3 .So‘zlovchining voqelikka ishonchlilik darajasiga ko‘ra modal ma‘nolar. So‘zlovchining voqelikka ishonchlilik darajasi asosan modal ravishlar, kirish so‘zlar, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar bilan, shuningdek, modal fe‘llar va infinitiv qurilmalar yordamida ifodalanadi. ―Ishonch‖ modalligi.
Ishonch ma‘nosini ifodalab kelgan misollar: 1. Jetzt kochen wir richtig. Endi esa chindan ovqat pishiramiz. Richtig yuklamasi ishonch ma‘nosini ifodalab kelib, o‘zbek tiliga chindan modal so‘zi orqali to‘g‘ri ko‘rsatib berilgan. 2. Alles Gute, Erika, trцste ihn, du kannst es. Xayr, Erika, sen uni ovut, buni eplay olasan! Kцnnen modal fe‘li gapda mustaqil fe‘l vazifasida kelganda, kuchli ishonchni ifodalab keladi. O‘zbek tiliga eplamoq mustaqil fe‘li olmoq yordamchi fe‘li va unga shaxs-son qo‘shimchasini qo‘shish orqali mukammal tarjima qilingan. 3. Ich glaube, unsere Tochter ist zum ersten Mal im Leben richtig glücklich. O‘ylashimcha, buning hojati yo‘q. Qizimiz bu safar adashmadi. Glauben mustaqil fe‘li va richtig modal yuklamalari ushbu gapda ishonchni ifodalab kelmoqda. Tarjimada o’ylamoq fe‘li orqali berilgan. Ammo ushbu gap quyidagicha: Qizimiz hayotida ilk marotaba haqiqatan ham baxtli ekaniga
4. Ich wusste, dass du das sagen würdest. Shunday deyishingni bilardim.
59
Wissen fe‘lining preteritum shakli ichki ishonchni ifodalab keladi. O‘zbek tiliga bilmoq fe‘liga -ar sifatdosh qo‘shimchasi -di o‘tgan zamon qo‘shimchasi va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali tarjima qilingan. Ikkilanish‖ modalligi 1.
Doktor, sizdan nima istayotganimni bilyapsizmi o‘zi? 2. Nemis tilida wissen fe‘lining so‘roq maylida ifodalanishi va nicht inkor fe‘li bilan birga qo‘llanilishi, shuningdek oder nicht so‘roq yuklamalari ham ikkilanish ma‘nosini ifodalaydi. O‘zbek tilida -mi yuklamasi va o’zi ta‘kid so‘zini qo‘llash orqali ifodalanadi. 2.Ist sie denn eigentlich glücklich, Lore, hцrt man mal dazu was oder ist das egal? Lore, u chindan ham baxtini topdimikan? Bu haqda bilsak bo‘ladimi yo buning ham farqi yo‘qmi? Ushbu gapda oder yuklamasi orqali ikkilanish ma‘nosi ifodalangan. Tarjima jarayonida esa yo yordamchi so‘zi va -mi so‘roq yuklamasi orqali to‘g‘ri tarjima qilingan. 3.4. So‘zlovchining his-tuyg‘u va sifat fazilatlarining ifodalanishiga ko‘ra modal ma‘nolar So‘zlovchining his-tuyg‘u va sifat fazilatlarining ifodalanishiga ko‘ra modal ma‘nolar undov so‘zlar, modal so‘zlar, mustaqil fe‘llar va eng asosiysi, intonatsiya orqali ifodalanadi. Intonatsiyani yozma tilda tahlil qilish murakkab bo‘lganligi uchun kontekst va muallif izohi orqali intonatsiyani anglab olish mumkin. ―Hayrat‖ modalligi Hayrat ma‘nosini ifodalab kelgan misollar:
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling