Nemis va fransuz tillari kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Filologiya fakulteti dekani
Voqelikning so’zlovchi yordamida ifodalanishiga ko’ra modal
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
nemis va ozbek tillaridagi fellarda modallik muammolari
3.1.Voqelikning so’zlovchi yordamida ifodalanishiga ko’ra modal
ma’nolar. So‘zlovchi(subyekt)ning gapda ifodalangan voqeliklarni baholashida yuzaga keladigan turli semantik ma‘nolar asosan sintaktik va leksik vositalar yordamida ifodalanadi. Ehtimollik (taxmin) modalligi. Nemis tilida taxmin modalligi bir qator vositalar yordamida ifodalanadi. Fonetik vosita hisoblanuvchi intonatsiya gap modalligini ifodalashda eng muhim belgi sanaladi. Zero, birgina intonatsiya orqali har qanday gapning ma‘no- mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborish mumkin. Leksik vositalardan modal yuklamalar: vielleicht, wahrscheinlich, vermutlich, kaum, denn, oder; modal fe‘llar: können, dürfen, sollen, müssen; werden yordamchi fe‘li; glauben, denken,
beriladi. O‘zbek tilida esa balki, shekilli, aftidan, chog'i, kerak modal so‘zlari; o'ylamoq, o'xshamoq mustaqil fe‘llari ; shundaymasmi?, kerak-a? kabi so‘roq yuklamali so‘zlar; shuningdek, fe‘lga kelasi zamon gumon shakli qo‘shimchalari - ar(r)ni qo‘shish orqali hamda bo'lmoq(shart maylida )+kerak, -sa+kerak sintaktik qurilmalari orqali ifodalanadi. Ehtimollik (taxmin) ma‘nolarini ifodalab kelgan misollar: 1. Vielleicht gefällt das ein paar Leuten in Leipzig auch nicht. Balki bu holat Laypsigdagilarga ham yoqmas. Ushbu gapda birgina vielleicht modal yuklamasining o‘zi gapning butun mazmunini o‘zgartirib yubordi va unga ehtimoliy tus berdi. O‘zbek tiliga esa balki kirish so‘zi hamda fe‘lga kelasi zamon gumon shakli qo‘shimchasi -mas ni qo‘shish orqali to‘g‘ri tarjima qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. 2. Ach, vielleicht wird es ein schцnes Fest. Vielleicht ist ja alles wunderbar. To‘y chindan ham zo‘r o‘tadi. Hammasi ajoyib bo‘ladi. Yuqoridagi gapda esa, asliyatdagi misolga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, undagi taxmin ma‘nosi tarjimada qat‘iy ishonch ma‘nosiga almashib ketgan. Ya‘ni,
45
bu yerda vielleicht yuklamasi o‘zbek tiliga chindan ham so‘zi orqali va fe‘lning aniqlik maylida berilgan. Tarjima jarayonida balki so‘zi hamda fe‘lga kelasi zamon gumon shakli qo‘shimchasi -ar(r)ni qo‘shish orqali tarjima qilinganda maqsadga muvofiq bo‘lardi, ya‘ni: Balki zo‘r to‘y bo‘lar. Balki chindan ham hammasi ajoyib bo‘lar. 3. Normal, wie ein Tennisplatz eben, denke ich. O‘rtacha, tennis maydoniga mos deb o‘ylayman.
tarjima qilingan va asliyatdagi ma‘no saqlab qolingan. 4. Das passt doch alles irgendwie ins Bild, oder? Bu devordagi suratlardan ayon-ku axir, shundaymasmi? Bu gapdagi doch...oder so‘roq yuklamali sintaktik birlik o‘zbek tiliga
shuningdek, -mi so‘roq yuklamasini qo‘shish yordamida tarjima qilingan. Ammo ins Bild passen iborasi o‘zbek tiliga xato berilgan. Bu o‘rinda Barchasi qandaydir xuddi tasavvur qilganimizdek, shundaymasmi? shaklida berilishi kerak edi. 5. Ich hoffe doch, man sitzt am Tisch und ich kann die Schuhe ausziehen. Stolda o‘tiramiz-ku, tuflimni yechib qo‘ysam bo‘ladi.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling