Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja


Chikago monetarizm maktabi


Download 83.13 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi83.13 Kb.
#1491861
1   2   3   4   5
Bog'liq
Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja

3. Chikago monetarizm maktabi

Keynchilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi, uning monitar (pul bilan bog`liq) g`oyalari Chikago universitetida 20 yy. paydo bo`ldi. Ammo, neoliberal yo`nalish xarakatida amerika monetarizmi mustaqil keyinchalik ilg`orlik pozitsiyalarni faqat 50-yillar ohiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976 yilgi iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) o`rniga aynan pulli omillarni afzal ko`rdilar.


1958 yil A.U.Fillipsning empirik egri chizig`i paydo bo`lishi bilan pul hisobidagi ish haqining yillik foiz o`zgarishi va ishsizlik darajasi (hissasi) o`rtasidagi bog`lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913 yillar Angliyadagi real ma'lumotlardan foydalanilgan. 1964 yil P.Samuelson o`zining mashhur "Ekonomiks" darsligining 6 nashriga shu grafikni kiritdi va uni Fillips egri chizig`i deb atadi. Avvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to`la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko`ra, baholar mo`'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq xodisalar bo`lib chiqdi, aksincha, konflikli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirish inflatsiyani kuchaytirish yo`li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa odatda ishsizlar ko`payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqining o`zida turg`un baholar va to`la bandlikka bo`lgan ishonch, barqaror baho va to`la bandlik o`rtasida tanlash bilan o`rin almashdi.

M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig`ini har tomonlama o`rganib, u (egri chiziq) har doim ham turg`un emasligi ma'lum bo`ldi, ayniqsa 60-yillar ohirida ko`pgina mamlakatlarda inflatsiya o`sishi "mantiq"qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning o`sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda o`sishi bilan ro`y berdi.


M.Fridmen iqtisodiy jarayonlarda pul, pul massasi va pul muomalasi ahamiyatini ko`tarishga harakat qildi. Pulning aslida neoliberal monetar konsepsiyasi AQSHning respublika (1969-1970yillar Nikson prezidentligi davrida) hukumati tomonidan sinovdan o`tdi (bunda M.Fridmen prezident maslahatchisi edi). Ammo, monetar iqtisodiy g`oyalar AQSHning keyingi prezidenti davrida yaxshi natija berdi. Tarixda va iqtisodiyotda reygonomika deb nom olgan bu siyosat dollar real mustahkamlangan bir sharoitda inflatsiyani kamaytirish mumkin bo`ldi, R.Reygan prezidentlik davrida yangi 14 million millioner - tadbirkor paydo bo`ldi. Demokrat B.Klinton (8 yil) prezidentligi davrida ham shu siyosat davom ettirildi va yaxshi natija berdi.
Fridmen konsepsiyasi asosiy masala davlatning qattiqqo`l pul siyosatidir (boshqalardan, masalan, Keynsdan farqi). Bu Fridmenning "ishsizlik tabiiy normasi" tushunchasi bilan bog`liq bo`lib, kon'yutura holatiga bog`lanmagan holda, har yili pul massasi 3-4 foizga doim va turg`un (stabil) ravishda oshirib borilishi kerak. AQSH ning qator yillar davomida yalpi milliy mahsuloti o`sishi o`rtacha sur'atlarini hisobga olib, milliy iqtisodiyotning maksimal mumkin bo`lgan darajasi aniqlanadi.
Fridmenning "ishsizlik tabiiy normasi" konsepsiyasi institutsional, shuningdek qonuniy hujjatlarga asoslanadi (masalan, kasaba qo`mitalari, minimal ish haqi to`g`risidagi qonun) .



Download 83.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling